Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

FIFA.com: 9 kundan so‘ng Ermatov JCH rekordini yangilaydi

FIFA.com: 9 kundan so‘ng Ermatov JCH rekordini yangilaydi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha jahon chempionati-2018 tobora yaqinlashmoqda - 9 kun! Ushbu chempionat oldidan musobaqa tarixidagi statistikalarga to‘xtalamiz, deb yozadi FIFA.com

O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov Jahon kubogi musobaqalarida 9 ta o‘yin boshqargan - bu mundial tarixida boshqa istalgan hakamdan ko‘proq demakdir. U birinchi bor jahon chempionatida mezbon - JAR va Meksika terma jamoalari o‘rtasida JCH-2010 ochilish uchrashuvini boshqargan edi. U bu musobaqada yana to‘rt o‘yinni boshqardi, shu jumladan Golandiya va Urugvay o‘rtasidagi yarimfinal uchrashuvini.

Ermatov o‘z hisobiga 2014 yilda Braziliyada o‘tgan jahon chempionatida yana to‘rtta o‘yinni qo‘shib qo‘ydi va mundiallarda 8tadan o‘yin boshqargan fransiyalik Joel Kiniu, meksikalik Benito-Artundiya va urugvaylik Xorxe Larriondani ortda qoldirdi.

Ermatov 2003 yilda FIFA referisi bo‘lgan va shundan buyon uning qobiliyati va obro‘si ortib bordi. Jahon chempionatlaridan tashqari, OCHLning to‘rt finali, Klublar o‘rtasida JCHning ikkita finali va Osiy Kubogi finali va ko‘plab yirik o‘yinlarni xotirjamlik va ishonch boshqargan. Ravshan Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatida o‘z rekordini yangilash uchun yaxshi imkoniyatga ega, u JCH-2018 o‘yinlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Manba: fifa.com
Kiritildi: 00:07, 06.06.2018.
O'qildi: 24300 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.