Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

YECHL-2017|2018. Eng, eng, eng... (Fotogalereya)

YECHL-2017|2018. Eng, eng, eng... (Fotogalereya)

Baho:
+ | -

Soccer.ru 26 may oqshomida Kiyevda poyoniga yetgan YECHL turnirining turli nominasiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarini e’lon qildi.

Eng sermahsul jamoa - «Liverpul» (41ta gol)

«Qizillar» g‘oliblikka erisha olmadilar. Lekin klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir mavsumini fantastik tarzda o‘tkazishdi. 41ta gol - eng yuqori ko‘rsatkich! Sovrinni qo‘lga kiritgan «Real» 33ta gol bilan sermahsullik bobida ikkinchi bo‘ldi.

Bu boradagi eng past natija «Benfika»ga tegishli - 1ta gol. Bundan tashqari, saralash bosqichi natijalarini qo‘shib hisoblaganda, raqiblari darvozasini 46 marta ishg‘ol qilgan «Liverpul» mutlaq rekord (o‘rtacha 3,06ta gol) o‘rnatdi.

Eng sermahsul futbolchi - Krishtianu Ronaldu (15ta gol)

To‘purarlar bahsida yana portugaliyalik hujumchi g‘olib chiqdi. Ronaldu o‘zi muvaffaqiyat qozongan 5ta mavsumda (2008-«MYU», 2014, 2016, 2017, 2018da «Real» bilan) eng yaxshi to‘purar unvonini hech kimga bermagan. Umuman, Krishtianu qatorasiga 6, hammasi bo‘lib 7 marta individual sovrin sohibi bo‘lgan. Bu - rekord natija.

Eng yaxshi assistent - Jeyms Milner (8ta samarali uzatma)

Mazkur nominasiya g‘olibi - «Liverpul» yarim himoyachisi hisobida birorta gol yo‘q. Biroq u jamoadoshlarining to‘p kiritishlariga ko‘proq yordam berdi. Qizig‘i, bu boradagi ikkinchi natija ham «Liverpul» a’zosiga tegishli - Roberto Firmino 7ta samarali uzatma muallifi.

Eng ko‘p zarba yo‘llagan jamoa - «Bavariya» (o‘rtacha 18,8 marta)

Raqib darvozabonlarining tinchini buzish bobida Myunxen superklubiga teng­lasha oladigani yo‘q. Har bir o‘yinda qariyb 19ta zarba - yuksak ko‘rsatkich! Bu borada eng past natija «Qorabog‘» klubiga tegishli - 6,3ta zarba.

Eng «tepag‘on» futbolchi - Krishtianu Ronaldu (o‘rtacha 6,3ta zarba)

Portugaliyalik hujumchining bor e’tibori faqat raqib darvozasiga qaratilganini u butun bir jamoa bilan teppa-teng natija ko‘rsatganidan bilib olish mumkin.

Hisobot mavsumida atigi 9ta jamoaga portugaliyalik mergandan ko‘proq mahsuldorlik ko‘rsatish nasib etdi. «Sevilya» bilan «Portu» Ronaldu bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etishdi.

Eng qo‘pol jamoa - «Yuventus» (25ta «sariq», 2ta «qizil»)

«Keksa sinyora» futbol o‘ynashni o‘rniga qo‘yadi. Lekin kezi kelganda, qoidabuzarlikni ham o‘rinlatadi. To‘g‘ri, «Shaxtyor» va «Benfika»da ham 2ta, «Qorabog‘»da esa 3ta qizil kartochka bor. Ammo sariq rang­dagilari ancha kam.

Boshdan-oyoq «sap-sariq» - Taulant Jaka (5ta «sariq»)

«Bazel» yarim himoyachisi YECHLning 6 uchrashuvida 5ta sariq kartochka oldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, oxirgi mavsumda hakamlar 19 marta qizil kartochka ko‘rsatgan bo‘lishsada, hech bir futbolchi ikki marta maydondan chetlatilmadi.

To‘p bilan hayot bo‘ylab - «Manchester Siti» (62,6 foiz)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:16, 06.06.2018.
O'qildi: 22395 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.