Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Barselona» darvozasi besh marta ishg‘ol qilindi, «baqalar» hayratda!

«Barselona» darvozasi besh marta ishg‘ol qilindi, «baqalar» hayratda!

Baho:
+ | -

Bahor fasli boshlarida «Levante» rahbariyati mavsumning borishini o‘zgartirib yuborgan qarorga keldi.

Bosh murabbiylik postiga zaxira jamoasi ustozi Pako Lopesning tayinlanishi «baqalar»ning oliy divizionda qolishlariga zamin hozirladi. Shu tariqa Ispaniya chempionatining asosiy sensasiyalaridan biri kuzatildi.

Agar «Levante» uchun mavsum yakunlari mart boshida tahlil qilinganida, uni uch xil hodisa bilan izohlash mumkin bo‘lardi. Birinchisi - «Real» bilan o‘yindagi qahramonlik: o‘sha bahsning oxirgi daqiqalarida 33-yoshli Jampaolo Passini valensiyaliklarni navbatdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.

Ikkinchisi - «Selta» bilan o‘yindan keyingi epizod: o‘shanda «baqalar» xavbeki Jefferson Lerma Yago Aspas uni irqiy kamsitganligini aytgandi.

Shundan so‘ng «Levante» ijtimoiy tarmoqlar orqali antirasist kampaniyasi yuritib, shu tariqa salbiy natijalaridan chalg‘itishga urindi. Uchinchisi - g‘alabasiz seriya: 15ta o‘yindan iborat noxush ketma-ketlik klub uchun yangi antirekordga aylandi.

Xuan Munisaning «karomati», tabiiyki, valensiyaliklar rahbariyatini u qadar qoniqtirmadi va bahor kirib kelishi hamono mutaxassis «Levante»ni tark etdi. Uning ortidan ishqibozlardagi noxush kayfiyat ham tarqadi.

Bosh murabbiylik kursisini «baqalar»ning Ispaniya to‘rtinchi divizionida qatnashayotgan ikkinchi jamoasi ustozi Pako Lopes egalladi. Bu paytga kelib, ushbu mutaxassisning eng katta yutug‘i «Kartaxena» bilan Segundada ishtirok etish bo‘lgandi.

To‘g‘ri, o‘shanda u muvaffaqiyatga erisholmagan, hammasi to‘rtta uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Lopesning iste’fosi bilan yakunlangandi. So‘nggi olti yilni esa u La Liga klublarining ikkinchi jamoalarini boshqarish bilan o‘tkazdi: «Valensiya B», «Vilyarreal S», «Vilyarreal B».

Lopes «Levante» kiyinish xonasiga o‘ziga xos shior bilan tashrif buyurdi: «Biz qayg‘uni rohatga aylantirishga intilamiz». Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘qligini tez-tez eslatish orqali, u jamoani o‘ziga keltirib, klub xodimlari hurmatiga sazovor bo‘ldi.

Lopes qo‘l ostida «Levante» 10ta uchrashuvda 25 ochko to‘pladi. Solishtirish uchun: Munis bilan jamoa 27 uchrashuvda 21 ochko jamg‘argandi. Vaholanki, Pako shunday natijaga qator ijrochilar yo‘q paytda erishdi. «Jirona», «Las-Palmas» va «Atletiko»ga qarshi kechgan bahslar o‘tkazilayotgan pallada sakkiz nafar asosiy futbolchi jarohatini tuzatish bilan band edi.

Murabbiy mehnatlarining eng yorqin mahsuli «Barselona» bilan o‘yinda ko‘zga tashlandi:

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:11, 07.06.2018.
O'qildi: 17604 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.