Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

«Dinamo» - «Surxon»: 22-to‘qnashuv kimga ataladi?

«Dinamo» - «Surxon»: 22-to‘qnashuv kimga ataladi?

Baho:
+ | -

Bugun, Pro-Liga 13-turi doirasidagi markaziy uchrashuv Samarqandda “Dinamo” hamda “Surxon” klublari o‘rtasida kechadi. Shiddatli o‘tishi kutilayotgan to‘qnashuv oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashladik.

JORIY MAVSUMDA...

Superligaga chiqishni maqsad qilgan ushbu jamoalar mavsumni kutilgan darajada boshlay olishdi deyish qiyin. “Surxon” ayni damda 11 o‘yindan keyin 19 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan bo‘lsa, “Dinamo” 11 bahsdan keyin 10 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.

“Dinamo” so‘ngi uchrashuvda G‘uzorda “Sho‘rtan” ustidan mavsumdagi eng yirik g‘alabasi – 0:3ni qayd etgan bo‘lsa, “Surxon” Termizda “Mash’al” bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.

“Dinamo” jamoasining so‘nggi 5 o‘yini:

8-tur. Orol – Dinamo - 2:1

9-tur. Dinamo – Andijon – 1:1

10-tur. Andijon – Dinamo - 3:1

11-tur. Dinamo – Orol - 2:0

12-tur. Sho‘rtan – Dinamo - 0:3

13-tur. Dinamo - Surxon

“Surxon” jamoasining so‘nggi 5 o‘yini:

8-tur. Surxon – Istiqlol – 1:0

9-tur. Xorazm – Surxon - 0:0

10-tur. Surxon – Xorazm - 4:1

11-tur. Istiqlol – Surxon - 4:2

12-tur. Surxon – Mash’al - 1:1

13-tur. Dinamo - Surxon

UCHRASHUV KOVALENKOGA TOPSHIRILDI

Turning markaziy bahsini FIFA referisi Valentin Kovalenko boshqarib boradi. O‘yin nazoratchisi Dmitriy Roman, komissar sifatida Ma’mur Saidqosimov faoliyat olib boradi.

Pro-Liga. A guruhi.

7 iyun (payshanba)

“DINAMO” – “SURXON”

Hakamlar: V.Kovalenko, D.Iskanderov, D.Jumaniyozov.

Nazoratchi – D.Roman.

Komissar – M.Saidqosimov.

ESKI TANISHLAR...

Termizliklar safidagi Farhod Tojiyev va Ibrohim Rahimovlar “Dinamo” jamoasining sobiq futbolchilari sanalishadi. Har ikki futbolchi bugun “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda. Farhod Tojiyev 2007 va 2008 va o‘tgan mavsum – 2017 yil ikkinchi davrasida “Dinamo” safida to‘p surgan bo‘lsa, Ibrohim Rahimov 2007 yilda jamoamiz safida to‘p surgan.

O‘ZARO O‘YINLAR: 22-TO‘QNASHUV

1992 yildan buyon “Surxon” va “Dinamo” klublari chempionat doirasida 21 marotiba o‘zaro to‘qnash kelishgan. Bu borada jamoalarda tenglik. “Dinamo” 21 o‘yindan 8 tasida g‘alaba qozongan, 8 o‘yinda “Surxon” g‘olib bo‘lgan. 5 ta uchrashuv esa durang natija bilan tugagan. Gollar nisbati, 29-25 “Surxon” foydasiga.

Birinchi davradagi uchrashuvda termizliklar g‘olib bo‘lishgan. O‘shanda Suhrob Ne’matov penaltidan gol urgan bo‘lsa, Sardor Eminov ikkinchi golni urgan. Javob golini “Dinamo”dan Hakimxon A’lamxonov kiritgan.

So‘nggi uchrashuvlardagi natijalar:

02.05.2018. Surxon – Dinamo - 2:1

25.09.2004. Dinamo - Surxon - 1:0

03.05.2004. Surxon – Dinamo – 3:0

27.09.2003. Dinamo – Surxon - 3:0

26.04.2003. Surxon - Dinamo - 2:1

04.09.2002. Surxon – Dinamo - 2:0

18.05.2002. Dinamo – Surxon - 2:0

17.09.2001. Surxon – Dinamo - 1:0

04.05.2001. Dinamo – Surxon - 4:1

20.09.2000. Surxon – Dinamo - 5:3

29.04.2000. Dinamo – Surxon - 2:1

04.09.1999. Dinamo – Surxon - 1:1

18.05.1999. Surxon – Dinamo - 1:2.

 

Pro-Liga. A guruhi. 13-tur

7 iyun (payshanba)

“DINAMO” – “SURXON”

Samarqand, Dinamo stadion.

Chipta bahosi: 7000 co‘m.

O‘yin boshlanish vaqti: 18:00.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:00, 07.06.2018.
O'qildi: 3361 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.