Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov Yaponiya Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Yaponiya Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, bir necha kun oldin O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiyaga jo‘nab ketgandi. MOQ rahbari u yerda uchrashuvlar o‘tkazib, bir qator kelishuvlarga erishgani haqida xam ma’lum qilgandik. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bugun, 7 iyun kuni Yaponiya Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Sunekazu Takeda bilan tashkil qilindi. Uchrashuv davomida Yaponiya MOQ rahbariga vise-prezident Yasuo Saito xamrohlik qildi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik rishtalarini yanada rivojlantirish, ularni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Sir emaski, dzyudo hamda karate kabi Olimpiya sport turlarida Yaponiya terma jamoalari jahonda yetakchilardan hisoblanishadi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari o‘zbekistonlik sportchilarning Yaponiyada malaka oshirishlarini so‘rab, Sunekazu Takedaga murojaat qildi.

«Dzyudo va karate bo‘yicha Yaponiya jahonda yetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Shuningdek, Tokioda jahonga mashhur «Kodokan» dzyudo markazi ham joylashgan. Biz o‘zbekistonlik sportchilarni aynan shu yerda o‘z malakalarini oshirib, mahoratlarini yanada toblab olishlarida amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘rardik. O‘ylaymanki bu hamkorlik har ikki tomon uchun foydali bo‘ladi «, – dedi uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov.

O‘z navbatida Yaponiya MOQ Prezidenti Sunekazu Takeda bunga javoban O‘zbekistondan ham sportning boks, dzyudo, sport kurashlari va og‘ir atletika bo‘yicha o‘rganadigan jihatlar yetarli ekanligi, hamkorlik qilishdan Yaponiya tomoni ham manfaatdor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Muzokaralar davomida Yaponiya Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan jamoaviy sport turlari hamda stol tennisi bo‘yicha hamkorlik qilishga ham kelishib olindi. Kelishuvga ko‘ra, yaponiyalik mutaxassislar mamlakatimizda ushbu sport turlarini rivojlantirish loyihasida faol ishtirok etadilar. Shuningdek, hamkorlik murabbiylar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, hamkorlikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish kabi masalalarni ham qamrab oladi.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov 9 iyun kuni Tokiodan to‘g‘ri Moskva shahriga uchadi. Rossiya poytaxtida FIFA Kongressida ishtirok etib, futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish o‘yini – Rossiya-Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni “Lujniki” stadionining martabali mehmonlar lojasidan kuzatib boradi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:46, 07.06.2018.
O'qildi: 3994 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.