Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Bernardu Silva «Real»ga o‘tganidan so‘ng o‘z kumirlari haqida gapirdi

Bernardu Silva «Real»ga o‘tganidan so‘ng o‘z kumirlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubining yangi a’zosi Bernardu Silva futboldagi kumirlari kim ekanini aytdi, shuningdek, «qaymoqranglilar» ustozi Joze Mourinyo haqida o‘z munosabatini bildirdi. Avvalroq «Manchester Siti»da to‘p surgan 31 yoshli yarim himoyachi Ispaniya klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

«Mening kumirlarim juda ko‘p va Zidan, shubhasiz, ulardan biri. Shuningdek, Ruy Koshta ham, chunki u «Benfika» va Portugaliya terma jamoasida o‘ynagan. Modrich esa men uchun maydonda ham, maydondan tashqarida ham mo‘ljal va o‘rnak bo‘lgan. Zidan, ehtimol, futbol tarixidagi eng yaxshi 5 nafar futbolchi qatoriga kiradi. U taxminan mening pozisiyamda o‘ynagan va bolaligimda uning maydondagi harakatlarini va to‘pni qanday nazorat qilishini kuzatar edim», — dedi Silvaning so‘zlarini keltirgan Marca.

Madridliklar safiga o‘tgunga qadar Silva Mourinyu bilan faqat raqib sifatida to‘qnash kelgan edi.

«Biz bir necha bor maydonning qarama-qarshi tomonlarida bo‘lganmiz, endi esa bir jamoadamiz. Mourinyo — Portugaliya futboli uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan murabbiy. Bolaligimizdan beri uning jamoalarini kuzatib kelganmiz, u doimo Portugaliya nomini eng yuqori darajaga olib chiqqan. Men u bilan ishlash va undan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda xursandman», — deya ta’kidladi yarim himoyachi.

Avvalroq Bernardu Silva klubga o‘tishi mavzusida izoh bergan edi.

Kiritildi: 08:51, 04.08.2026.
O'qildi: 1160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик