Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

«Neftchi» bugun «Neftchi» bilan o‘ynaydi

«Neftchi» bugun «Neftchi» bilan o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ikki qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash, sport sohasida ham hamkorlik va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbol ligalari har ikki mamlakatning "Neftchi" jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga kelishib olgan edi. 

Bugun Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida joylashgan "Qurmanbek" stadionida Qo‘chqorotaning “Neftchi” klubi Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. Erta tongdan qo‘shni mamlakatga yo‘l olgan farg‘onaliklar tushdan so‘ng Jalolobodga yetib borishdi. Ularni qo‘shni mamlakat chegarasida Qo‘chqorotaning “Neftchi” klubi vakillari kutib olishdi. 

Uchrashuv bizning vaqtimiz bilan soat 17:00da start oladi. O‘yinni Qirg‘izistonning eng nomdor hakamlar guruhi boshqarib boradi. O‘yin bosh hakami – Dmitriy Mashensev. 

O‘rtoqlik o‘yini

"Neftchi" (Qo‘chqor-ota, Qirg‘iziston) – "Neftchi" (Farg‘ona, O‘zbekiston)

Nazoratchi: Muxtor Qo‘shoqov 

Bosh hakam: Dmitriy Mashensev

Qanot hakamlari: Ismoil Tolipjonov,  Bahodir Qo‘chqorov.

Zaxira hakami: Erlan Norboyev

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:24, 08.06.2018.
O'qildi: 3459 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.