Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Docton Hamdamov: «Premyer-ligada qolishim mumkin»

Docton Hamdamov: «Premyer-ligada qolishim mumkin»

Baho:
+ | -

Mahachqal’aning «Anji» klubi mavsum yakunlariga ko‘ra Rossiya Premyer-ligasini tark etdi. Dog‘istonliklar 30ta o‘yinda 24 ochko jamg‘arib, chempionatni 14-pog‘onada yakunlashdi.

Aynan shuncha ochko to‘plagan «Tosno» hamda 13 ochko bilan 16-o‘rinni band etgan «SKA-Xabarovsk» klublari kuchlilar safidan kamida bir yilga «badarg‘a» bo‘lishdi. «Anji» va «Amkar» jamoalari esa o‘tish turnirida ishtirok etishdi. Mahachqal’aliklar mehmonda «Enisey» klubiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Javob bahsidagi g‘alaba (4:3) esa umumiy muvaffaqiyat uchun kamlik qildi. «Tambov» jamoasidan har ikki uchrashuvda ham ustun kelgan (2:0, 1:0) Permning «Amkar» klubi elitadagi «propiska»sini bir yilga uzaytirib oldi. Biz bejiz «Anji» jamoasining natijalariga to‘xtalmadik. Boisi, bu klub tarkibida hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov ham o‘ynadi.

Hujjatlar bilan bog‘liq muammolar sabab debyuti kechikib ketgan futbolchimiz 17 mart kuniga kelibgina yangi jamoasi uchun ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Debyut muvaffaqiyatli chiqdi va 23-tur doirasidagi bu o‘yinda «Anji» turnir jadvalidagi qo‘shnisi, yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin o‘ynayotgan «Tosno»dan ustun keldi (2:0). Afsuski, «Anji» Premyer-ligani tark etdi.

Shu o‘rinda Dostonbek haqida qisqacha ma’lumot: Hamdamov 2015 yili Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan. Bir yil oldin esa «Bunyodkor» safida O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgandi.

Hamdamov «qaldirg‘ochlar» safida 2014 yildanbuyon 82tao‘yindamaydongatushib, 33tagolurishgamuvaffaqbo‘lgan. ToshkentviloyatiningBekobodshahridadunyogakelganfutbolchiavvaligaYangiyerfutbolmaktab-internati, ke­yinesa «Bunyodkor» akademiyasidamillionlaro‘yinisir-asrorlarinio‘rgandi.

Dostonbek O‘zbekiston o‘smirlar, yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoalari tarkibida o‘ynagan. Ayni payt Hamdamov Toshkentda, oila a’zolari davrasida bo‘lib turibdi.

U 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan an’anaviy turnir finalida mehmon bo‘ldi va taqdirlash marosimida yosh ukalariga medallar ulashdi. Fursatdan foydalanib, biz hujumkor yarim himoyachidan intervyu oldik.

- Kichkintoylarni ko‘rib, bolalik yillarim esimga tushib ketdi, - deya o‘z taassurotlarini so‘zlay boshladi milliy terma jamoamizga nomzod futbolchi. - Yaqingacha ham xuddi shu bolalardek to‘p tepardik. Bir zumda biz ham ulg‘aydik (kuladi). Musobaqa yuqori saviyada o‘tkazildi.

Bolalar va ularning ota-onalari juda ham xursand bo‘lishdi. Ertak qahramonlari o‘z chiqishlari bilan kichkintoylarni xushnud etishdi. Biroz issiq bo‘lishiga qaramay, ishtirokchilar mazza qilib futbol o‘ynashdi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu turnir murg‘ak qalb sohiblari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. O‘z nomimdan tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman. Bu kabi musobaqalar qanchalik ko‘p o‘tkazilsa, iste’dodli yoshlarning kashf etilishi shunchalik tezlashadi.

Faqat shunday turnirlar orqali bolalarning mahorati va tajribasi yanada oshib boradi. Yildan-yilga bolalar futboliga qaratilayotgan e’tibor oshyapti.

Buning natijasida mana shunday musobaqalar soni ham ko‘paymoqda. Katta-katta arenalarga yo‘l aynan shunday kichik maydonlardan boshlanadi.

- Dostonbek, keling, endi «Anji» jamoasidagi o‘yinlaringizga to‘xtalsangiz. «Anji»ning Premyer-ligani tark etishini inobatga olmasak, umumiy taassurotlaringiz qanday bo‘ldi?

- Yomon emas. Rossiya chempionati kutganimdan ham kuchli ekan. Jamoa­lar tarkibida yulduz darajasidagi futbolchilar, xususan, legionerlar o‘ynashyapti. Ularga qarshi to‘p surish oson bo‘lgani yo‘q.

Afsuski, siz aytgandek, mavsum yakunida kuchlilar safini tark etdik. Bu juda ham alamli bo‘ldi. O‘ylaymanki, sekin-asta vaziyat ijobiy tomonga o‘zgaradi va barchasi o‘z iziga tushib ketadi.

- «Anji»ga yo‘l olishingiz qanday amalga oshdi?

- Bir nechta klublar qatori Mahach­qal’a jamoasidan ham taklif kelib tushgandi. Yaqinlarim bilan kelishgan holda Rossiya chempionatini afzal bildim.

Fevral oyida jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etdim. O‘yinlarda gollar urdim. Keyin har ikki klub o‘zaro muzokaralardan so‘ng kelishib olishdi, deb o‘ylayman.

- Lekin «Anji»ga o‘tishingiz anchagina muammoli tarzda kechdi. Hozir hammasi joyidami?

- Juda katta muammo bo‘ldi, deb o‘ylamayman. Bunday holatlar futbolda uchrab turadi. Hozir hammasi joyida.

- Yangi muhitga moslashish jarayo­ni qiyin kechmadimi?

- Boshida biroz mushkul bo‘ldi. Lekin meni Mahachqal’ada juda yaxshi kutib olishdi. Endi shu muhitga to‘laqonli kirishib ketish uchun ozgina vaqt, ya’ni o‘yin amaliyoti kerak.

Hujjatlar bilan bog‘liq muammolar hal bo‘lishi cho‘zilib ketgani bois, yangi klubimdagi debyutim kechikdi.

- «Anji» bilan qancha muddatga shartnoma imzolagansiz?

- Kelishuv bir yarim yilga mo‘ljallangan. Shundan yarim yili o‘tdi.

- Jamoangiz «o‘tish o‘yini»da «Enisey»ga ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra yutqazib, Premyer-ligani tark etdi. «Anji»ning kelasi mavsum rejalari ma’lum bo‘ldimi?

- Yo‘q, hali bu haqda gap-so‘z bo‘lmadi. Har qanday holatda ham «Anji» chempionatda ishtirok etadi. Vazifa bir yil ichida yana kuchlilar safiga qaytish bo‘ladi.

- Klub rahbariyati chempionat yakunlari hamda yangi mavsum rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdimi?

- Hozircha siz aytgan yig‘ilish o‘tkazilmadi. «Enisey» bilan bo‘lib o‘tgan ikkinchi o‘yindan so‘ng jamoa ta’tilga chiqdi. Afsuski, biz birinchi o‘yinda yirik hisobda yutqazib qo‘ygandik. O‘sha mag‘lubiyat «Anji»ga qimmatga tushdi.

- «Anji» ixtiyoriga qachon borib qo‘shilasiz?

- Aniq sanani aytishmadi. Lekin iyun oyining oxirgi o‘n kunligida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlash uchun klub lageriga yetib borishimiz kerak.

- Kelasi mavsum ham «Anji» sharafini himoya qilasizmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:28, 08.06.2018.
O'qildi: 7513 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.