Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Van Gal qaytmoqda! "Real"gami?

Van Gal qaytmoqda! "Real"gami?

Baho:
+ | -

"MYU"ning sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal RTL Late Night teleshousida futboldagi faoliyatiga qaytayotganini e’lon qildi.

"Men ko‘plab takliflar oldim. Ular takliflar ko‘pligidan meni kibrli deb o‘ylashgandir, ammo bu rost, kechirasiz. Men ulardan birini tanladim.

Agar uni rad etsam, faoliyatim tugaganidan darak beradi. Shunda turmush o‘rtog‘im bilan hayotdan zavq olaman.

Men o‘zimga mos bo‘lgan taklifda to‘xtadim. Aks holda rozi bo‘lmas edim. Men nimanidir qo‘lga kiritaman, buni his qilyapman", - deydi Van Gal.

66 yoshli mutaxassisning oxirgi ish joyi "Manchester Yunayted" bo‘lgan edi (2014-2016).

Ta’kidlash joiz, ayni paytda Zinedin Zidanning iste’fosidan so‘ng "Real"ga kim bosh murabbiy bo‘lishi aniq emas.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:17, 09.06.2018.
O'qildi: 7252 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик