Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

PEPSI Superliga: Bugun 15-tur start oladi

PEPSI Superliga: Bugun 15-tur start oladi

Baho:
+ | -

Bugundan PEPSI Superligasida 15-tur uchrashuvlari start oladi. Kun doirasidan faqat bitta o‘yin o‘rin olgan bo‘lib, unda Farg‘ona vodiysining ikki jamoasi – “Navbahor” va “Qo‘qon-1912” o‘zaro bahs yuritadi. 

Mazkur uchrashuv soat 19:02da boshlanadi. Uni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. 

15-tur / 10 iyun (yakshanba)

“NAVBAHOR” – “QO‘QON-1912”

Hakamlar: A. Asimov, R. Shoyaxmetov, A. Kalinin, D. Karimov.

Nazoratchi – N. Lutfullin.

Komissar – L. Qo‘chqorov.

Ta’kidlash joizki, “Navbahor” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalarining o‘zaro uchrashuvlari hamisha qiziqarli tarzda o‘tib kelgan. “Vodiy derbisi” maqomi ostida kechadigan o‘yinlarda har ikki klub vakillari ham raqibga bo‘sh kelmaslikka urinishadi. 

 

Hozirga qadar “Navbahor” O‘zbekiston milliy chempionatlari doirasida “Qo‘qon-1912”ga qarshi 25ta uchrashuv o‘tkazgan. O‘zaro o‘yinlarning 15tasida namanganliklar g‘alaba qozonishgan. 6ta bahs esa “Qo‘qon-1912” foydasiga hal bo‘lgan. Yana 4ta uchrashuv durang bilan nihoyasiga yetgan. “Navbahor” futbolchilari ushbu raqib darvozasiga 50ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishgan. Qo‘qonliklar esa “Navbahor” darvozasiga 28 marta yo‘l topa olishgan. 

Jamoalarning birinchi davradagi o‘yini qo‘qonlik futbolchilar foydasiga hal bo‘lgan edi – 1:0. 

 Ayni paytda “Navbahor” jamoasi 13ta uchrashuvdan so‘ng 24 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 3-pog‘onada bormoqda. “Qo‘qon-1912” esa 15 ochko bilan 8-o‘rinni band etgan. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 01:33, 10.06.2018.
O'qildi: 3484 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.