Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Messi: "ECHLni yutish uchun yaxshi futbolchilar kerak. Grizmann ulardan biri"

Messi: "ECHLni yutish uchun yaxshi futbolchilar kerak. Grizmann ulardan biri"

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klubining transfer siyosati haqida fikr bildirdi.

– Ushbu yozda "Barselona"ga qanday yangi o‘yinchilar kerak?

– Men falon o‘yinchini qo‘shish kerak deb aytadigan odam masman. Bu bilan shug‘ullanuvchilar bor.

O‘tgan yil ajoyib o‘tdi. Biz bor-yo‘g‘i uchta o‘yinni yutqazdik. "Barselona" butun mavsumni yaxshi o‘tkazib, "Roma"ga qarshi safar uchrashuvini boy bergani g‘alati.

– Grizmann klubga kerakmi?

– Bilmadim, uning transferi bosh maqsadimizmi, yo‘qmi. YECHLda g‘alaba qozonish uchun bizga yaxshi o‘yinchilar kerakligi haqidagi fikrlarga qo‘shilaman. Grizmann shundaylarning biri.

Klub agar uni sotib olsa, qoyilmaqom ish bo‘ladi. Ammo u asosoiy transfer maqsadimizmi, bilmayman. BU transfer bilan shug‘ullanuvchilarga, bosh murabbiyga bog‘liq", - deydi Messi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:00, 10.06.2018.
O'qildi: 6191 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик