Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Pepsi superliga. May oyinnig eng yaxshi darvozaboni aniqlandi

Pepsi superliga. May oyinnig eng yaxshi darvozaboni aniqlandi

Baho:
+ | -

Professional futbol ligasining Championat.asia bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan so‘rovnomasiga ko‘ra, “Navbahor” posboni Botirali Ergashev may oyining eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi.

Ovoz berish yakuniga ko‘ra, Botirali raqobatchisi Eldor Suyunovni 1 ochkolik farq bilan ortda qoldirdi. Bunda “Navbahor” muxlislarining ovozi muhim rol o‘ynaganini e’tirof etish kerak. Boisi, Championat.asia so‘rovnomasida Ergashev eng ko‘p ovoz oldi hamda 6 ochkoni qo‘lga kiritdi. Suyunov esa muxlislar ovoziga ko‘ra ikkinchi bo‘ldi hamda 4 ochko bilan kifoyalandi.

Agar gap faqatgina bosh murabbiylar va jamoa sardorlari ovozidagina bo‘lganida, bunda Eldor Suyunov “Navbahor”dagi raqibini 1 ochko ortda qoldirgan bo‘lardi. Chunki Suyunovni 24 ovoz beruvchidan 10 nafari 1-o‘rinda ko‘rsatdi. Botirali Ergashevda esa bu ko‘rsatkich 9 tani tashkil qildi.

Ergashevni 8 kishi 2-o‘ringa, Suyunovni esa 7 kishi shu o‘ringa loyiq ko‘rdi. Yana 4 nafardan ovoz beruvchi bu posbonlarni uchlikka kiritdi.

Shu tariqa Botirali Ergashev Pepsi Superligasi vakillaridan 47, muxlislardan esa, jami — 53 ochko ishlab oldi. Suyunov esa birinchi frontdan 48, ishqibozlardan 4 ochko oldi, jami — 52. Reytingda “Qizilqum” posboni Yevgeniy Cheremisin 29 ochkolik bo‘ldi. “So‘g‘diyona” posboni Dilshod Hamroyev esa 22 ochkoni qo‘lga kiritdi.

May oyining eng yaxshi darvozaboni Botirali Ergashev bugun — 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Pepsi Superliganing 15-turi doirasidagi “Navbahor” — “Qo‘qon-1912” o‘yinida PFL sovrinini qabul qilib oldi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:34, 10.06.2018.
O'qildi: 3736 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.