Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912”. O‘yindan keyingi matbuot anjumani

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912”. O‘yindan keyingi matbuot anjumani

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa ustozlari va bir nafardan eng yaxshi deya e’tirof etilgan futbolchilar ishtirok etishdi. 

“Qo‘qon-1912” bosh murabbiyiga yarim himoyachi Javohir Sidiqov hamroxlik qildi.  Ilhom Mo‘minjonov esa matbuot anjumaniga Azamat Allaniyozov bilan birgalikda tashrif buyurdi. 

- O‘yindan so‘ng kiyinish xonasiga kirgach, yigitlarning tushkun kayfiyatga tushib qolganiga guvoh bo‘ldim. Shu sababdan mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak ham, bugun o‘yinimiz qovushmagan bo‘lsa ham o‘yinchilarimizga tanbeh berib o‘tirmadim. Aksincha, ularni ruhan qo‘llab-quvvatlashga urindim. Bu – futbol.Unda mag‘lubiyatlar bo‘lib turadi. Chempionatni yaxshi boshlagan edik. Lekin so‘nggi 4-5 o‘yindan beri o‘z o‘yinimizni namoyish eta olmayapmiz. Raqibga kelsak, “Navbahor” yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ushbu jamoani g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi No‘’mon Hasanov. 

- “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Xatto grand klublar ham Namanganda mag‘lub bo‘lishganiga guvoh bo‘ldik. Shuni inobatga olib, o‘yinga imkon qadar yaxshi hozirlik ko‘rishga uringan edik. Biroq o‘tkazib yuborilgan tezkor gol barcha rejalarimiz buzib yubordi. Endi mavsum avvalida ko‘rsatgan o‘yinlarimizni yana qaytarishimiz kerak. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha qo‘qonliklarga minnatdorchilik bildiraman, - dedi Javohir Sidiqov. 

- Bugungi o‘yin ancha chiroyli bo‘ldi. Hisob yanada yirikroq ko‘rnish olishi ham mumkin edi. Biroq yigitlar ba’zida yaratilgan juda qulay imkoniyatlarni golga aylantira olishmadi. Birinchi galda, ishqibozlarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun maydonga tushgan futbolchilarimiz men bergan ko‘rsatmalarni to‘liq ado etishdi. Bundan juda mamnunman, - dedi Ilhom Mo‘minjonov. 

- Bugun stadionga bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan barcha muxlislarimizni qo‘lga kiritilgan chiroyli g‘alaba bilan tabriklayman. Biz ustozimiz bergan taktik ko‘rsatmalarni imkon qadar yaxshi bajarishga intildik. Hamma bir maqsad yo‘lida harakat qildi va yakunda ajoyib g‘alaba va 3 ochko qo‘lga kiritildi, - dedi Azamat Allaniyozov. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 23:57, 10.06.2018.
O'qildi: 3839 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.