Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Shveysariya kompaniyasi PEPSI Superliganing internet tarmog‘idagi translyasiya huquqini harid qildi

Shveysariya kompaniyasi PEPSI Superliganing internet tarmog‘idagi translyasiya huquqini harid qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol Ligasi o‘z tarihida birinchi bor internet tarmog‘idagi translyasiya huquqini sotishga erishdi. Ushbu huquqni O‘zPFLdan Shveysariyada joylashgan “Empower Sports”kompaniyasi 4 yillik muddatga harid qildi. 

“Empower Sports” kompaniyasi futbolni internet tarmog‘ida mahsus texnologiyalar yordamida translyasiya qilish yo‘nalishida faoliyat olib boradi. O‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan mycujoo.tv platformasi aynan ushbu kompaniyaga qarashlidir. Hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik qilayotgan “Empower Sports” 2017 yilda 3900ta o‘yinni internetda jonli tarzda translyasiya qilgan.

Shu kungacha “Empower Sports” kompaniyasi O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi bilan OFKningqit’ada Ligalarni rivojlantirish dasturi doirasida hamkorlik qilib kelgan va ushbu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Empower Sports”ning rahbariyati O‘zbekiston Professional futbol Ligasi tasarrufida o‘tayotgan musobaqalarning elektron huquqini harid qilish taklifi bilan chiqqan.

Kelib tushgan taklifni o‘rganib chiqqan PFL rahbariyati shartnomani imzoladi. Bu borada, tashkilotning Bosh direktori Omon G‘ofurov quyidagi fikrni bildirib o‘tdi: 

“Empower Sports” kompaniyasi bizga yaxshi ma’lum bo‘lgan tashkilot. Qisqa fursat ichida u jadal rivojlanishga erishdi va dunyoning ko‘plab Assosiasiyalari va Ligalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Endilikda biz ham internet tarmog‘idagi translyasiya kontentini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratishni maqsad qilganmiz”, - deydi Omon G‘ofurov.

Mycujoo.tv platformasida futbol ishqibozlari professional futboldan tortib, havaskorlar ligalari, futzal va boshqa turli hil musobaqalar o‘yinlarini tomosha qilishlari mumkin.

“Bizning asosiy maqsadlarimizdan biri bu muhlislarda o‘zbek futboliga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishdir. Bu yil mamlakatimiz rahbariyati va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi rahbariyati tomonidan ko‘rsatilayotgan jiddiy e’tibor tufayli futbolimizda katta o‘zgarishlar va islohatlarga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Albatta O‘zbekiston Professional futbol Ligasi ham futbolning har bir jabhasini rivojlantirishni maqsad qilgan. Shunday ekan, biz zamon bilan birgalikda qadam tashlash uchun “Empower Sports” kompaniyasining taklifini qabul qildik”, - deb qo‘shimcha qiladi PFL Bosh direktori.

“Hozirgi kunda mamlakatning eng nufuzli futbol musobaqasi bo‘lmish “PEPSI Superliga” o‘yinlarining deyarli barchasi hamkorimiz bo‘lmish “Sport” kanali orqali jonli tarzda efirga uzatilmoqda. Bu holat albatta muhlislarni va mutassaddilarni hursand qilmay qolmaydi, ammo ba’zi xollarda ob’ektiv sabablarga ko‘ra, u yoki bu o‘yinni jonli kuzatishning imkoniyati bo‘lmayapti. Ushbu xolatni bartaraf etish maqsadida biz internet translyasiyalarga murojat qilishga e’tibor qaratamiz. Hozirgi kunda Superliganing 6 klubi (“Nasaf”, “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912”, So‘g‘diyona”, AGMK, “Lokmotiv”) uy uchrashuvlarini translyasiya qilish imkoniyatiga egalar, qolgan 6 jamoani biz mavsum davomida loyihaga jalb qilamiz va shundan so‘ng musobaqaning har bir uchrashuvi internetda jonli tarzda namoyish etiladi. Lekin biz faqatgina Superliga uchrashuvlari bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. Bosqima bosqich biz Pro-Liga, Yoshlar ligasi, futzal va ayollar chempionatlarida ishtirok etuvchi jamoalarni ham loyihaga kiritamiz va shu tariqa, dunyoning istalgan burchagida bo‘la turib, muxlislar O‘zbekistonning turli viloyat va tumanlarida o‘tayotgan ko‘plab musobaqalarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi”, - deb ta’kidladi Omon G‘ofurov.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:04, 11.06.2018.
O'qildi: 4735 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.