Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Qozog‘iston Prezidenti sovrini uchun» turnirida ishtirok etgan bokschilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi

«Qozog‘iston Prezidenti sovrini uchun» turnirida ishtirok etgan bokschilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 6-10 iyun kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha «Qozog‘iston Prezidenti sovrini uchun» nomli nufuzli xalqaro musobaqa tashkil qilindi. Unda jahonning yetakchi 15 mamlakati qatorida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi.

Bugun bokschilarimiz joy olgan samolyot zaminimizga kelib qo‘ndi. Sportchilarimizni kutib olish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari jam bo‘lishdi.

«Musobaqada kuchli raqiblarga qarshi to‘qnash keldik. U yerda tajriba orttirdik. Bu katta musobaqalarga tayyorgarlik yo‘lida yaxshigina tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. U yerda kutilgan va kutilmagan raqiblar bo‘ldi. Shunga qaramay, murabbiylarimiz ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajargan holda, munosib ishtirok eta oldik. Ortda qolgan ikkita turnir Osiyo o‘yinlari oldidan muhim ahamiyatga ega edi. Umuman olganda, musobaqalar biz uchun yomon kechmadi. Hakamlar? Qozog‘istondagi musobaqa davomida hakamlik bo‘yicha biroz muammolar bo‘ldi. Shaxsan men uchun final jangi qiyin bo‘ldi», – dedi Bektemir Meliqo‘ziyev.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada Bektemir Meliqo‘ziyev oltin, Shunqor Abdurasulov va Iqboljon Xoldorov kumush, Shaxobiddin Zoirov, Aliyor Noraliyev, Mahmud G‘oipov va Isroil Madrimovlar bronza medali sohibiga aylanishdi. Qayd etib o‘tish lozimki, ushbu musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabi uchun ayni muddao bo‘ldi. Ular turnir davomida shu yil Jakartada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibning asosiy qismini aniqlab olishdi.

«Musobaqa biz uchun og‘ir o‘tdi. Chunki, to‘y sabab tayyorgarliklarga ham vaqt bo‘lmadi (kuladi). Qachondir bunday holatga tushishimiz lozim edi. Bu hozir bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. Chunki, Osiyo o‘yinlarigacha qiyinchilik bo‘lishi kerak edi. So‘nggi jangimni qishda o‘tkazgandim. Hindistonlik raqibga qarshi jangdagidek holat Osiyo o‘yinlarida sodir bo‘lganida bu yaxshi bo‘lmasdi. Musobaqa davomida Osiyo o‘yinlaridagi bo‘lajak raqiblarim imkoniyatini ham o‘rgandik.

Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonidan ko‘nglimiz to‘ldi. Aytib o‘tganimdek, ortda qolgan musobaqalarda raqiblarimizni yaxshi o‘rganib oldik. Endi navbatdagi janglar osonroq bo‘ladi. Tayyorgarlik yaxshi kechmoqda. Yaqinda Tailanddagi turnirda ham qatnashamiz, so‘ngra Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketamiz. Nasib qilsa Osiyoda Riodagidan ham yaxshiroq natija ko‘rsatamiz», – dedi Hasanboy Do‘smatov.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 01:03, 12.06.2018.
O'qildi: 3424 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.