Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

OFK Ijroqo‘mining Toshkentdagi yig‘ilishi 26 sentyabr kuni o‘tadigan bo‘ldi

OFK Ijroqo‘mining Toshkentdagi yig‘ilishi 26 sentyabr kuni o‘tadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

OFK Ijroqo‘mi yig‘ilishi oktyabr oyida Toshkentda o‘tishi ma’lum qilingandi. Hozirgina olingan ma’lumotga ko‘ra, OFK ijroiya qo‘mitasi vakillarining uchrashuvi yanada ertaroq — 26 sentyabrda o‘tadigan bo‘lgan.

Rossiya poytaxti Moskvada bo‘lib turgan MOQ Prezidenti, O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur sanaga qadar barcha tashkiliy ishlar hal bo‘lishi yuzasidan OFK prezidenti Shayx Salmon bilan fikr almashgan.

Qayd etish kerak, ayni paytda futbol olamining barcha mashhur shaxslari JCH—2018 ochilishi arafasida Moskvada bo‘lib turibdi. Ular 12—13 iyun kunlari FIFA kongressida ishtirok etadi, 14 iyun kuni esa Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari ishtirokida o‘tadigan mundialning ochilish o‘yiniga bu mehmonlar tashrif buyuradi.

OFK Ijroqo‘mi yig‘ilishi Toshkent uchun tarixiy voqeadir. Qit’a futbolining eng oliy mehmonlarini qabul qilish O‘FAga ishonib topshirilgani, OFK prezidentining O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatib turibdi, deyish mumkin.

O‘z navbatida, O‘FA ham bu qarorga bejizga kelgani yo‘q. Tashkilot rahbariyati almashgach, Shayx Salmon poytaxtga kelib, Umid Ahmadjonov bilan uchrashgandi. O‘shanda tomonlar kelasi yilning yanvar oyida Amirliklarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi davomida O‘FA vakillarining malaka oshirishlari, tajriba almashishlari bo‘yicha hamkorlikka kelishib olgandi. Undan oldinroq OFK miqyosidagi katta tadbirning Toshkentda o‘tishi esa aynan O‘FA xodimlari uchun maktab vazifasini o‘tab beradi. Shuningdek, OFK hamda O‘FA o‘rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo‘lida navbatdagi qadam vazifasini o‘tab beradi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 01:05, 12.06.2018.
O'qildi: 2877 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик