Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Legioner faol bo‘lsa yoxud Pepsi Superligadagi xorijlik futbolchilar statistikasi

Legioner faol bo‘lsa yoxud Pepsi Superligadagi xorijlik futbolchilar statistikasi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy termasining o‘rtoqlik o‘yini sabab yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, Pepsi Superliganing ortda qolgan 13ta turiga bog‘liq turli ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda davom etamiz.

Aniqrog‘i, bu safar xorijlik futbolchilarning milliy chempionatimizda qayd etayotgan natijalariga nazar tashlab, dastlabki xulosalarni chiqaramiz.

Umumiy jadvalda peshqadamlik qilayotgan «Paxtakor»ning joriy mavsumdagi natijalarida legioner futbolchilarning hissasi katta. Xususan, Pepsi Superliga to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib borayotgan Ismoil Gonsalveshni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

Ortda qolgan 13ta tur bahslarining barchasida maydonga tushgan portugaliyalik hujumchi 7ta gol urib, bir bora sherigini samarali uzatma bilan ta’minladi. E’tiborlisi, Gonsalvesh hisobidagi gollardan naq 5tasi penalti samarasidir. Shuningdek, «sherlar»ning har bir o‘yinida faol to‘p surayotgan Tiago Bezerrani ham e’tirof etish darkor.

«Paxtakor»ning braziliyalik legioneri 13ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 marta ishg‘ol qilgani holda, 2ta vaziyatda jamoadoshlari urgan gollar hammuallifi bo‘ldi. Aynan shu ikki legioner hozircha Shota Arveladze ishonchini to‘liq oqlayapti.

Xorijlik o‘yinchilar reytingi haqida gap ochilsa, «Buxoro» vingeri Arslanmurat Amanovning faolligini birinchilardan bo‘lib tilga olish darkor. Turkmanistonlik legioner 12ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 5ta gol va 2ta samarali uzatma yozdirib qo‘ydi.

Joriy mavsum chiroyli o‘yin ko‘rsatish barobarida mahsuldorlik me’yorini ham unutmayotgan futbolchilardan yana biri - Elguja Grigalashvili. Bu legioner tom ma’noda «Qizilqum»ning omadli transferlaridan biriga aylandi. Tezkor reydlar va ajoyib driblingga ega gruziyalik hujumchi har o‘yinda yanada yorqinroq taassurot qoldirishga urinmoqda.

Garchi Superliga bahslari navoiyliklar uchun omadsiz boshlangan bo‘lsada, Grigalashvili o‘tgan davr mobaynida maqtovga loyiq natija qayd etishga ulgurdi. Uning hisobida 6ta gol bor.

Legionerlar jadvalining keyingi 4 pog‘onasi serblardan ortmadi. «Qizilqum»ning xorijlik yana bir forvardi Nemanya Yovanovich «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 6 ochko (3+3) to‘plagan bo‘lsa, «Bunyodkor» vakili Filip Rayevas raqiblar darvozasini 4 marta ishg‘ol qilgani holda, jamoasining yana bir golida assistent rolini bajardi.

«Nasaf» yetakchisi Dragan Cheranda esa gollardan ko‘ra, hal qiluvchi «pas»lar soni ko‘proq - «2+3». E’tiborlisi...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:01, 12.06.2018.
O'qildi: 2963 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик