Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Pepsi Superliga: Bugun 15-turning yana 4 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi

Pepsi Superliga: Bugun 15-turning yana 4 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Bugun PEPSI Superligada 15-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Kun doirasidan 4 ta o‘yin o‘rin olgan bo‘lib, “Buxoro” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi. “Nasaf” esa “Metallurg” mehmoni bo‘ladi. Shuningdek, muxlislar “Neftchi” – “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” – AGMK uchrashuvlariga guvoh bo‘lishadi. 

 

12 iyun (seshanba)

“BUXORO” – “BUNYODKOR”

Hakamlar: T. To‘xtasinov, A. Marajabov, Z. Abdurahmonov, K. Rasulov.

Nazoratchi – D. Roman.

Komissar – B. Namozov.

“Buxoro” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi. Mazkur jamoalar hozirga qadar milliy chempionatlarimiz doirasida 21 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 17 tasida “qaldirg‘ochlar” g‘alaba qozonishgan. “Buxoro” esa faqat bitta bahsda “Bunyodkor”ni mag‘lub etgan. Yana 3 ta bellashuv durang bilan tugagan.  To‘plar nisbati – 9:52.  

 

 

 

“METALLURG” – “NASAF”

Hakamlar: X. Ro‘ziyev, A. Burov, K. Sereda, A. Xudoyberganov.

Nazoratchi – A. Popov.

Komissar – M. Saidqosimov.

Bekobodda “Metallurg” Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan bahs olib boradi. Ushbu ikki klub hozirgacha 41 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan. Bugungi mezbonlar 10 ta, mehmonlar esa 26 ta o‘yinda zafar quchishgan. 5 ta uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. Bekobodlik futbolchilar “Nasaf” darvozasiga 32 marta gol kiritishgan. Qarshiliklar esa raqib darvozasini 70 marta aniq nishonga olishgan. 

 

 

 

“LOKOMOTIV” – AGMK

Hakamlar: SH. Qosimov, O. Abduvasilov, S. Shoyusupov, E. Tursunov.

Nazoratchi – S. Ermatov.

Komissar – SH. Rajabov.

“Lokomotiv” va AGMK jamoalari esa milliy chempionatlarimiz doirasida 19 ta o‘yin o‘tkazishgan. O‘yinlarning 12 tasida “Lokomotiv”, 4 tasida AGMK g‘alabaga erishgan. Yana 3 ta bahs durang bilan nihoyasiga yetgan. O‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar nisbati 42:22ni tashkil qilmoqda. 

 

 

“NEFTCHI” – “PAXTAKOR”

Hakamlar: V. Kovalenko, R. Serazetdinov, A. Usmonov, D. Jalimov.

Nazoratchi – O. Dachev.

Komissar – J. Rahmatullayev. 

“Paxtakor” esa Farg‘onada “Neftchi” mehmoni bo‘ladi. Ushbu ikki jamoa qarama-qarshiliklari tarixi mustaqil O‘zbekiston chempionatlari doirasida 1992 yildan boshlanadi. Hozirga qadar “Neftchi” va “Paxtakor” 53 marta to‘qnash kelishgan. “Neftchi” 20 ta bahsni o‘z foydasiga hal etgan bo‘lsa, “Paxtakor” 25 ta o‘yinda g‘olib chiqqan. 8 ta o‘yinda esa g‘olib aniqlanmagan – durang.  To‘plar nisbati – 66:90.  

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:54, 12.06.2018.
O'qildi: 3437 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик