Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Ravshan Ermatov va uning guruhi Jahon chempionati o‘yinlariga jiddiy tayyorlanmoqda

Ravshan Ermatov va uning guruhi Jahon chempionati o‘yinlariga jiddiy tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga O‘zbekiston birinchi marta bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissaridan iborat to‘liq tarkibda tashrif buyurayotgani xaqida ma’lumot berib o‘tgan edik.

Ayni paytda Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar guruhi Rossiyadagi FIFAning hakamlar uchun mo‘ljallangan maxsus bazasida butun dunyodan tashrif buyurgan referilar bilan birgalikda Jahon chempionatiga so‘nggi tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Hakamlar ham xuddi futbolchilar singari jismoniy hamda ruhiy-psixologik mashqlarni bajarmoqdalar. Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar barcha mashg‘ulotlarga faol qatnashib bo‘lajak o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

Ravshan Ermatov 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionatlarida jami 9ta o‘yinni boshqargan holda, rekord sohibi bo‘lib turibdi. Rossiyadagi mundialda ham unga uchrashuvlarni boshqarish nasib etsa, o‘zining rekordini yaqin kelajakda dunyodagi boshqa hech qaysi hakam takrorlay olmaydigan darajada yangilashi mumkin.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yosh hakamlarning malakasini oshirish, ularning Jahon chempionatlari uchrashuvlarini boshqara olish darajasiga chiqishlari yo‘lida barcha imkoniyatlarni yaratib berishda davom etadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:36, 12.06.2018.
O'qildi: 6673 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик