Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ko‘zi ojizlar futboli: Madridda jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Ko‘zi ojizlar futboli: Madridda jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Rossiyada jahon chempionati boshlanishiga tayyorgarlik ketayotgan vaqtda, Ispaniya poytaxti Madridda ko‘zi ojizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionati eng qizg‘in pallasiga kirdi.

Sagrado Corazón kolleji maydonida o‘tayotgan musobaqada 16 ta davlat terma jamoasi ishtirok etmoqda. 

Ayni vaqtgacha ushbu sport turi bo‘yicha jahon chempionatlarini 4 marta Braziliya, 2 marta Argentina yutgan. Boshqa birorta davlat hali bu unvonni qo‘lga kirita olmagan.

Ispaniya ikkinchi bor ushbu musobaqani qabul qilmoqda, bu yerda birinchi marta jahon chempionati 2000 yilda Xeres-de-la-Fronterada bo‘lib o‘tgan. Umuman, Ispaniya bu sport turi vatani hisoblanadi. Ushbu sport turi bo‘yicha ilk jahon chempionati 1998 yilda bo‘lib o‘tgan. 2004 yilda ko‘zi ojizlar futboli Afinadagi Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgandi.

Ko‘zi ojizlar futbolida o‘ziga xos qoidalar mavjud bo‘lib, futbolchilar 40 metrga 20 metrlik maydonda to‘p suradilar. Maydon atrofi to‘siqlar bilan o‘ralgan. O‘yin 20 daqiqalik 2 ta bo‘limdan iborat. Har bir jamoa 4 o‘yinchi va darvozabondan tashkil topgan.

 

Bundan tashqari, raqiblar darvozasi orqasida turib, o‘yinchilarga darvoza qayerdaligini aytib turuvchi yordamchilar bor. Futbolchilar maydonda ko‘zlarida qora bog‘ichlar bilan harakatlanishadi. To‘p yorqin rangda va odatdagidan og‘irroq bo‘ladi. Uning ichida harakatlanish vaqtida ovoz chiqaradigan shaqildoq bor. Tomoshabinlar o‘yinchilarga xalaqit qilmaslik uchun sukut saqlab o‘tirishlari talab etiladi.

Joriy chempionat finali esa 17 iyunda bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 01:21, 13.06.2018.
O'qildi: 2304 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.