Xitoy 2018 yilda Belarusga 800 mln yuan (125 mln dollar) texnik-iqtisodiy yordam ko‘rsatadi.
Belarus iqtisodiyot vaziri Vladimir Zinovskiyning Xitoyga tashrifida texnik-iqtisodiy yordam borasida kelishuvga imzo chekildi.
Kelishuvga binoan 2018 yilda Belurusda bir qator loyihalar, jumladan "Milliy futbol stadioni" va "Halqaro andozalarga mos suv havzasi"ga 800 million xitoy yuani ajratiladi.