Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yana o‘sha YECHL yoxud finaldan keyingi umumiy silsila

Yana o‘sha YECHL yoxud finaldan keyingi umumiy silsila

Baho:
+ | -

Mana, YECHLning navbatdagi mavsumi ham tarix sahifalariga ko‘chdi.

«Real»ning ketma-ket 3-marta bosh sovrin yutganiyu, ajoyib «kambek»lar va o‘ta yuqori mahsuldorligi bilan yodda qolgan turnirda bir qator global rekordlar va ko‘rsatkichlar ham qayd qilindi.

REKORDLAR, FAKTLAR, RAQAMLAR...

1 - ««Yuventus»» darvozaboni Janluiji Buffon 11 aprel kuni professional faoliyati davomida birinchi marta maydondan chetlatildi. U CHLda jami 117ta o‘yin o‘tkazgan.

8 - Kiko Kasilya va Keylor Navas CHL kubogini 3 martadan yutgan 7-8-golkiperlarga aylanishdi. 2014 yili Iker Kasilyas shunday natijaga erishgandi.

11 - Krishtianu Ronaldu CHLda qatorasiga 11ta o‘yinda gol urdi. Mavsum-2002|2003da «MYU» hujumchisi Ruud van Nistelroy ketma-ket 9ta o‘yinda raqiblar darvozasini nishonga olib, bu borada rekord o‘rnatgandi.

15 - Krishtianu Ronaldu so‘nggi 3 mavsum (2015|2016 - 16ta, 2016|2017 - 17ta, 2017|2018 - 15ta)da kamida 15tadan gol urdi.

16 - «Real» CHK|CHL finalida 16-marta o‘ynadi. Jamoa shulardan 13tasida g‘alaba qozongan. Umuman, «Madrid» yevrokuboklar finalida oxirgi marta 1981 yili yutqazgandi. Darvoqe, CHK|CHL finalida ko‘p yutqazish bo‘yicha rekordchi - «Yuventus»dir (7 marta).

41 - «Liverpul» 41ta gol urib, mahsuldorlik bo‘yicha rekordni yangiladi. E’tiborlisi, avvalgi eng yuqori natija («MYU», 2002|2003, 32ta gol) 15 mavsum saqlanib turdi.

100 - Lionel Messi 14 mart kuni «Chelsi»ga qarshi bahsda CHLdagi 100-golini nishonladi.

100  - Krishtianu Ronaldu esa 18 fevral kuni turnirda «Real» uchun urgan gollari sonini 100taga yetkazib qo‘ydi. U CHLdagi 100-golini 2017 yilning 18 aprel kuni urgandi.

103 - Xosep Gvardiola murabbiy sifatida CHLdagi o‘yinlari sonini 100tadan oshirdi. Undan oldinda faoliyati davom etayotgan 2 nafar murabbiy bor, xolos: Karlo Ancheloti (154ta o‘yin) va Joze Mourinyo (135ta o‘yin).

149 - 2016 yilning 4 yanvar kuni «Real» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan Zayniddin Zidan 26 may kuni klubni 149-marta rasmiy o‘yinda maydonga boshlab tushdi. Uning turnirdagi umumiy stastistikasi ajoyib: 104ta g‘alaba, 29ta durang, 16ta mag‘lubiyat (to‘plar nisbati - 393-160). Eng asosiysi, Zizu shu vaqt oralig‘ida  jami 9ta sovrin yutdi.

153 - Krishtianu Ronaldu 26 may kuni CHLda 153-o‘yinini o‘tkazdi. Gvardiyachilar ro‘yxatida undan birgina Iker Kasilyas oldinda (167ta o‘yin).

TEXNIK KO‘RSATKICHLAR

Darvoza tomon aniq zarbalar soni bo‘yicha yetakchi futbolchilar: 33ta - Krishtianu Ronaldu («Real»); 24ta - Lionel Messi («Barselona»); 23ta - Muhammad Saloh («Liverpul»).

Darvoza tomon noaniq zarbalar soni bo‘yicha yetakchi futbolchilar: 35ta - Krishtianu Ronaldu («Real»); 23ta - Edin Jeko (««Roma»»); 15ta - Robert Levandovski («Bavariya»)

Eng ko‘p sariq kartochka olgan futbolchilar: 5ta - Talant Jaka («Bazel»); 4ta - 8 nafar futbolchi. Turnir davomida jami 457ta sariq va 22ta qizil kartochka ko‘rsatildi.

Eng ko‘p qo‘pollik sodir etgan futbolchilar: 21 marta - Aleks Sandro (««Yuventus»»); 20 marta  - Jeyms Milner («Liverpul»); 17 marta  - Fakundo Ferreyra («Shaxtyor»).

Qo‘pollikdan eng ko‘p jabr chekkan futbolchilar: 28 marta - Neymar («PSJ»), Paulo Dibala («Yuventus»); 21 marta - Sadio Mane («Liverpul»).

Eng ko‘p «seyv» ko‘rsatgan darvozabonlar: 47 marta  - Alisson («Roma»); 35 marta - Ibrohim Shexich («Qorabog‘»); 34 marta - Andrey Pyatov («Shaxtyor»).

Eng ko‘p va yaxshi to‘p oshiruvchilar: 990ta (851tasi aniq, 86 foiz aniqlik) - Ever Banega («Sevilya»); 903ta (854tasi aniq, 95 foiz aniqlik) - Toni Kroos («Real»); 830ta (786tasi aniq, 95 foiz aniqlik) - Serxio Buskets («Barselona»). Atigi 13 nafar futbolchi 600 marta va ko‘proq aniq to‘p oshirdi.

Chap oyoq bilan eng ko‘p gol urgan futbolchilar: 8ta - Muhammad Saloh («Liverpul»); 5ta - Lionel Messi («Barselona»); 4ta - Garri Keyn («Tottenxem»).

O‘ng oyoq bilan eng ko‘p gol urgan futbolchilar: 10ta - Krishtianu Ronaldu («Real»); 7ta - Sadio Mane («Liverpul»); 6ta - Roberto Firmino («Liverpul»), Vissam Ben-Yedder («Sevilya»), Gonsalo Iguain («Yuventus»).

Bosh bilan eng ko‘p gol urgan futbolchilar:3ta -Mario Manjukich («Yuventus»), Jon Stounz («Manchester Siti»).

Jarima maydoni ichidan eng ko‘p gol urgan futbolchilar: 14ta - Krishtianu Ronaldu («Real»); 10ta - Roberto Firmino («Liverpul»); 9ta - Sadio Mane («Liverpul»).

Jarima maydoni tashqarisidan eng ko‘p gol urgan futbolchi: 3ta -Serxio Aguero («Manchester Siti»).

Penalti orqali eng ko‘p gol urgan futbolchilar: DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:45, 14.06.2018.
O'qildi: 12195 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.