Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Bugun Rossiyada katta futbol bayramiga start beriladi

Bugun Rossiyada katta futbol bayramiga start beriladi

Baho:
+ | -

Bugun, 14 iyun kuni Rossiyada futbol bo‘yicha 21-jahon chempionati musobaqasiga start beriladi. Musobaqaning ochilish marosimi va o‘yini Moskva shahridagi “Lujniki” stadionida o‘tkaziladi.
 
Musobaqa ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va yana 16 davlat rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
 
Ochilish o‘yinida esa JCH mezboni Rossiya Saudiya Arabiston terma jamoasi bilan bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
 
Barcha terma jamoalar Rossiyaga yetib kelgan va o‘z qarorgohlarida muxlislarni ochiq mashg‘ulotlarni tomosha qilish uchun taklif etmoqdalar. Ispaniya terma jamoasidagi murabbiylar o‘zgarishi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening olgan jarohatidan tashqari, diqqatga sazovor voqealar sodir bo‘lgani yo‘q.
 
Barcha intizorlik bilan bugungi o‘yinni kutmoqda. Ayniqsa, rossiyaliklar o‘z terma jamoalarining bugungi natijasidan ancha avval xavotirga tusha boshlagan.
 
Xullas, bir oydan ko‘proq muddat bizni qiziqarli voqealarga boy bo‘lishi kutilayotgan jahon chempionati kutmoqda. Futbol bayramini o‘tkazib yubormang deymiz.
 
Ma’lumot o‘rnida, JCH-2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donu shaharlaridagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 11:16, 14.06.2018.
O'qildi: 7289 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик