Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Bobir Abduxoliqovning futbolni rivojlantirish bo‘yicha takliflari

Bobir Abduxoliqovning futbolni rivojlantirish bo‘yicha takliflari

Baho:
+ | -

PEPSI Superligasi sekin-asta o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Quvonarli jihati shundan iboratki, Superliga doirasida o‘tayotgan uchrashuvlarga muxlis-u mutaxassislarning e’tibori yaxshi tarafga o‘zgarib bormoqda.

Buni stadionlarga ishqibozlarning tashrifi ortayotgani, mutaxassislarning chempionat tashkiliy masalalari, o‘yinlarning shiddati xususida ijobiy fikrlar bildirayotganida ham ko‘rish mumkin.

PFL matbuot xizmati bilan suhbatda Qarshining "Nasaf" jamoasi a’zosi Bobir Abduxoliqov Superliganing ilk mavsumi unda qanday taassurot qoldirayotgani haqida so‘zlab berdi.

- O‘tgan yildan e’tiboran futbolimizda yangi davr boshlandi. Amalga oshirilayotgan islohotlar haqida qanday fikrdasiz?

- O‘FA tomonidan olib borilayotgan islohotlarga ijobiy baho beraman. O‘ylaymanki, bu hali boshlanishi. Futbolimizda kelgusida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berishini shaxsan kutayapman. Katta o‘zgarishlarni birdan yo‘lga qo‘yish bu – og‘ir ish va vaqt talab etadi. Bu borada hamma futbolga oid mutasaddilar bir yoqadan bosh chiqarishi talab etiladi. Avvalo futbol toza bo‘lishi kerak.

- Chempionat nomi va o‘tkazilish tartibi butkul o‘zgardi. Bu borada nima deya olasiz?

- Albatta chempionatimiz nomi Superligaga o‘zgargani yaxshi. Bu shuni anglatadiki, chempionatimiz nomiga yarasha maqomga kelishi kerak. Bu borada hali qilinadigan ishlar juda ko‘p. Ammo buni uddalasa bo‘ladi. Ya’ni rahbarlarimiz bu boradagi talablarini bo‘shashtirmasalar maqsadga erishiladi, deb o‘ylayman.

- PEPSI Superligasining ilk mavsumi sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

- Bu chempionatimiz o‘tgan yilgiga qaraganda qiziqarli o‘tayapti deb, ayta olaman. Bunga ko‘p misollar keltirishim mumkin. Masalan, futbol uchrashuvlarini tashkil  etish OFK talablari darajasida bo‘layapti. Chempionat ishtirokchilariga qo‘yilgan talablar ham ko‘paydi. Bu ishlarni yana davom ettirsak, ko‘p narsaga erishamiz.

- Stadionlarga muxlislar tashrifi ortayotgani sizni futbolchi sifatida quvontiryaptimi? Ishqiboz bilan to‘lgan stadionda to‘p surish o‘zgacha zavq bersa kerak...

- Joriy chempionatda muxlislarning stadionlarga qaytishi kuzatila boshlandi. Muxlislar uchun stadionlarda yaratilayotgan sharoitlar ham ancha yaxshilanmoqda. Har bir uchrashuv imkon qadar TVda translyasiya qilinayapti. Avvallari muxlislar ko‘pincha poytaxt jamoalari o‘yinini TVda tomosha qilishar edi.  Agar stadionga qancha ko‘p muxlis tashrif buyursa, bu futbolchilarga ham zavq beradi. Ularning o‘yinga bo‘lgan ma’suliyati ortadi. Yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilishadi. Menimcha, bu borada ham qiladigan ishlar hali ko‘p. To‘g‘ri, bizning futbol hali Yevropa darajasiga yetmagan. Ammo qilib bo‘lmaydigan ishning o‘zi yo‘q. Harakatdan to‘xtamasak, buni ham iloji bor. Shu joyda bir taklifimni aytib o‘tmoqchiman. Muxlislarni futbolga yanada qiziqtirish bo‘yicha OAVlarining ham o‘z o‘rni va roli bor. Hurmatli jurnalistlarimiz, futbol ishqibozlarini ko‘proq qiziqtirishda jonbozlik ko‘rsatalar yaxshi bo‘lardi. Bo‘sh paytlarim internet nashrlarini o‘qib boraman. Afsuski haqiqiy, jonkuyar muxlislar hayoti haqida materiallar kam. Agar shunday muxlislar faoliyati OAVlarida keng yoritilsa, bu ham olib borayotgan islohatlarimizga ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lardi. Ammo chemppionatda ishtirok etayotgan biz kabi futbolchilarning ma’suliyati hammanikidan ko‘p. Biz futbolchilar, ishqibozlarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatishimiz ko‘proq talab etiladi. Buning uchun o‘z ustimizda tinmasdan ishlashimiz kerak.

Ma’lumot uchun: Bobir Abduxoliqov bu yilgi chempionatda o‘tkazilgan 14 uchrashuvning 11tasida maydonga tushdi va 888 daqiqa harakat qildi. 4 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi 2 bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi. 

“Nasaf” FK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:21, 14.06.2018.
O'qildi: 7461 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.