Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Pro-Liga. «Xorazm» «Norin»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Pro-Liga. «Xorazm» «Norin»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Pro-liga 15-turida «Xorazm» klubi Urganchda Haqqulobodning «Norin» klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘lim mezbonlarning katta tashabbusi ostida o‘tdi. Hisob 29-daqiqada Temur Ismoilov tomonidan ochildi ochildi. Uning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘ridan joy oldi. Oradan 9 daqiqa o‘tgach, himoyachi Oybek Nurboyev jarima maydoniga yorib kirib, darvozabonni dog‘da qoldirdi.

«Norin» kamdan-kam hujumga o‘tsa-da, 1-bo‘lim oxirida hisobni qisqartirishga erishdi. Murtazoyev bir necha himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoniga kirib bordi va aniq zarba yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘lim mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi. 55-daqiqada Temur Ismoilov yana bir gol urib, «dubl» sohibi bo‘ldi. Ammo, oradan biroz o‘tgach, «Norin» yana hisobni qisqartirdi. Tojiddinov darvozabon qaytargan to‘pga hammadan birinchi bo‘lib yetib kelib, uni to‘rga kiritdi - 3:2.

Hisob yana qaltis ko‘rinishga kelganidan so‘ng, bosh murabbiy Aleksandr Yejov tarkibda bir necha o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bu esa o‘z samarasini berdi. 75-daqiqada Sardor Matmuratov, 88-daqiqada Temur Bekchanov va hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Sarvar Jumaniyazov tomonidan urilgan gollar hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Xorazm» 16 ochko bilan musobaqa jadvalidagi 5-o‘rinni saqlab qoldi. «Norin» 10 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

O‘yindan so‘ng, «Xorazm» klubi bosh murabbiyi Aleksandr Yejov  «Xorazm FK muxlislari»ga intervyu berdi.

«Norin»ga qarshi o‘yin qiyin kechdi. Bu jamoaning Nukusdagi o‘yinini ko‘rgan edik, 1:3 hisobida yutqazib turib, 3:3 hisobida durangga erishgandi. Shu tufayli, bugungi o‘yinda ham keskinlik saqlanib turdi.

Birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlardan unumli foydalanganimizda, hisob yirikroq bo‘lishi, biz esa xotirjam o‘ynashimiz mumkin edi. Ammo oxirda gol o‘tkazib yubordik, natijada hisob qisqardi.

Tanaffusda yigitlarga xotirjamlikka berilmaslikni, oxirigacha kurashish lozimligini tushuntirdim. Ikkinchi bo‘limda diqqat-e’tiborni kuchaytirib, ijobiy natijaga erishdik. Yigitlardan minnatdorman, jamoamiz juda ahil.

O‘z uyimizdagi o‘yinlarda 12-o‘yinchimiz ham bor, bular - muxlislarimiz. Albatta, yigitlar ba’zan xatoga yo‘l qo‘yadi, gohida gol o‘tkazadi. Ammo, muxlislar har doim bizni oldinga chorlab turadi. Biz bunday muxlislikdan xursandmiz, hatto tanaffus paytida, kiyinish xonasida ham hamma muxlislar uchun o‘ynash lozimligini, ularni xursand qilishimiz shartligini bir-birimizga eslatamiz, uqtiramiz. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat aytamiz, ulardan minnatdormiz» - dedi Yejov.

Pro-liga, 15-tur
17 iyun, Urganch, «Yoshlik» sport majmuasi, 950 tomoshabin
XORAZM (Urganch) - NORIN (Haqqulobod) - 6:2
Gollar: Temur Ismoilov (29,55), Oybek Nurboyev (38), Sardor Matmuratov (75), Temur Bekchanov (88), Sarvar Jumaniyazov (90+1) - Murtazoyev (45), Tojiddinov (63)

Manba: Хоразм ФК мухлислари
Kiritildi: 21:57, 17.06.2018.
O'qildi: 3126 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.