Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Mundialdagi ilk o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan «sichqon bolasi» haqida

Mundialdagi ilk o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan «sichqon bolasi» haqida

Baho:
+ | -

Panama termasining uy uchrashuvlarida muxlislar Blas Peresni «Su-Per-Ra-Ton!» hayqirig‘i ostida qarshi olishga o‘rganishgan. Aniqroq aytganda, ushbu futbolchining jussasi sabab «Kuchli sichqon bolasi» deb atashadi.

U bunday taxallusni ilk marta 17 yoshida «Panama Vyexo» stadionida olgan. Uning golni nishonlash odati ham o‘zgacha: Peres cho‘kkalab, qo‘lini boshiga shox qilib qo‘yadi - bu oilasiga qaratilgan o‘ziga xos ishora, chunki Blasning otasini «buqa» deb chaqirishardi.

Oradan 20 yil o‘tib, ulg‘ayganiga qaramay, Peresning «Kuchli sichqon bolasi» taxallusi hamon saqlanib turibdi. Asosan yoshi katta futbolchilar o‘rin olgan Panama termasida Blas eng tajribalisi sanaladi: uning yoshi 37da, bugungi kungacha milliy jamoada 117ta o‘yin o‘tkazib, mamlakat tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomiga erishgan.

Aksariyat panamaliklarga xos vatanparvarlik tuyg‘usi esa Peresdagi motivasiyani yanada oshiradi. «Odamlarso‘rashadi: «NimagatananggaPanamabayrog‘inichizdirgansan? Aqldan ozibsan». Yo‘q, menga bu haqiqatan ham yoqadi. O‘z yurtimni juda sevaman». Suratning tagida Panameco - panamalik yozuvi ham bor.

Panamadan katta futbolga kirib borish juda mushkul - JCH-2018ga yo‘l olgan termada Yevropa klublarida to‘p suradigan futbolchilar yo‘q, jamoaning eng yaxshi o‘yinchilari esa MLSda asosan zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishadi. Blas «Ko‘hna qit’a»da bir yil to‘p surishga ulgurgan.

2007 yilning yozida uni «Erkules» o‘z safiga qo‘shib olgandi. Peresning «Deportivo Kukuta» tarkibida Libertadores kubogida ko‘rsatgan o‘yinlaridan yorqin taassurot olgan jamoa vakillari uning transferiga 1,1 mln. yevro sarflashdi.

Bu klub uchun rekord summa hisoblangandi. «Erkules» muxlislari esa tanishtiruv marosimida Blasni an’anaviy hayqiriq - «Su-Per-Ra-Ton!» bilan qarshi olishdi. Yarim yildan so‘ng Peres transferga qo‘yishlarini so‘radi, chunki uyiga yaqin joyda to‘p surishni xohlagandi.

Ispaniya va BAAni hisobga olmaganda, qahramonimiz asosan Markaziy va Janubiy Amerika ligalarida faoliyat yuritdi. Hattoki, MLSga ko‘chib o‘tayotganida ham Blas tug‘ilib-o‘sgan maskaniga yaqin hududda bo‘lishga intildi - shu bois Dallasni tanlab, ispan tilida so‘zlashuvchi jamiyatga tezda moslashdi.

Darhaqiqat, Peres o‘z yurtiga juda bog‘lanib qolgan. «Panama Vyexo»da debyut qilishidan ikki yil avval Blas San-Migelitoda avtomobillar yuvish bilan shug‘ullanib, shu tariqa qashshoq oilasiga ko‘maklashdi.

Bu paytda futbolchilikka qadam qo‘yishiga ishonchi komil emasdi - maktabda Peresni yaxshi kamonchi deya e’tirof etib, Panama termasining bo‘lajak yulduzini futboldan chalg‘itishardi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:37, 18.06.2018.
O'qildi: 5545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик