Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘FA Ijroqo‘mi Oybek Qilichevni futbolga ertaroq qaytarishga qaror qildi

O‘FA Ijroqo‘mi Oybek Qilichevni futbolga ertaroq qaytarishga qaror qildi

Baho:
+ | -

2017 yilning 23 oktyabr kuni “Navbahor” futbolchisi Oybek Qilichev futboldan 1 yil muddatga chetlashtirilgandi.

 Oybek Qilichev 2017 yilgi O‘zbekiston chempionatining 25-turi doirasida “Qo‘qon-1912” klubiga qarshi maydonga tushib, raqibiga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatda bilan yodda qolgandi. Vaziyatni o‘rganib chiqqan O‘FA Ijroqo‘mi uni bir yilga chetlashtirish barobarida, 10 million so‘m miqdorida jarima ham tayin qilgandi.

 Yaqindagina O‘FA Ijroqo‘mi yig‘ilishida futboldan butunlay chetlashtirilgan yosh futbolchilarga qaytadan imkoniyat berish masalasi ko‘rib chiqilgan va masala ijobiy yechim topgandi. Yig‘ilish yakunida qo‘mita a’zolari Oybek Qilichevni ham oxirgi marta afv etish masalasini o‘rtaga tashlagandi.

 Navbatdagi yig‘ilishda Qilichev masalasi ko‘rib chiqildi. “Navbahor” klubidagi ijobiy o‘zgarishlar, futbolchining pushaymonligi va bu boradagi maktublari inobatga olinib, Qilichevni bugun — 18 iyun kuni ochilgan transfer oynasidan foydalanib, qayta ro‘yxatga olish uchun ruxsat berildi. Buning uchun avvaldan belgilangan jarimani to‘lash kerak bo‘ladi.

 Maqsad futbolchini shunchaki jazolash emas, qilgan ishi xato ekanini unga ongli ravishda tushuntira olishdir, deyiladi Ijroqo‘m majlisida. Shunday ekan, Oybek Qilichev Pepsi Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. Futbolchi shuni unutmasligi kerakki, u endi jiddiy nazoratda bo‘ladi. Navbatdagi tajovuzkor harakati uchun u kechirilmasligi ham mumkin.

 Shuningdek, “Navbahor” futbol klubiga ham Qilichevning shartnomasiga bu borada alohida band kiritish tavsiya etiladi. Ya’ni, futbolchi o‘zini tiyib olishi shart. Umid qilamizki, Oybek Qilichev xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqargan va endilikda faqatgina chiroyli o‘yinlari bilan muxlislar yodida qoladi.    

P.S. Yoshini kichiklashtirish illati sabab futboldan chetlashtirilgan, keyin esa millionlar o‘yiniga qaytish imkoniyati berilgan futbolchilar hujjatlari bilan bog‘liq masalalarni to‘liq to‘g‘rilaganlari holda mashg‘ulotlarni boshlashlari mumkin. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:49, 18.06.2018.
O'qildi: 4953 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.