Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Jasur Hasanov AGMKga o‘tdi

Jasur Hasanov AGMKga o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun AGMKo‘z tarkibini bir qator tajribali futbolchilar bilan to‘ldirdi.

Davralar oralig‘ida yuzaga kelgan transfer oynasidan olmaliqlik ham unumli foydalanishga harakat qilmoqda. Jamoa rahbariyati bugun bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Mavsumni Qarshining "Nasaf" jamoasida o‘tkazgan taniqli yarim himoyachi Jasur Hasanov AGMK a’zosiga aylandi.

Shuningdek, olmaliqlik muxlislarga qadrli bo‘lgan, AGMK sharafini elitada eng ko‘p o‘yinda himoya etgan Zohir Pirimov ham faoliyatini yana jonajon jamoasida davom ettiradi. Pirimov bu yilgi mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasida boshlagandi.

Jamoa tarkibiga yana ikki futbolchi Alisher Samatov va Azamat Isroilov ham taklif etilgan. Tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshsa, ular ham jamoamiz sharafini himoya etishlari mumkin. Samatov Farg‘onaning "Neftchi" jamoasida to‘p surib kelayotgandi. Isroilov esa Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi a’zosi edi. Azamat ham Zohir kabi bundan bir necha yil avval jamoamiz a’zosi bo‘lgan.

Jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari transferlar oynasi yopilgunga qadar davom ettiriladi.

Hozirda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida jamoamiz poytaxtdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida istiqomat qilgan holda o‘z mashg‘ulotlarini TTYM stadionida olib bormoqda. Ortda qolgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra AGMK 13 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 9-pog‘onasida bormoqda. Bu ko‘rsatkich tabiiyki jamoa muxlislari va rahbariyatini qoniqtirmasligi aniq. Shu sababli, Baxtiyor A’zamovich jamoa tarkibini shakllantirish yo‘lida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.

Jamoa rahbariyati, o‘zaro kelishuvga asosida bir qator futbolchilar bilan amaldagi shartnomalarni bekor qilishga qaror qildi. Bunga ko‘ra jamoani hujumchi Vadim Chemirtan, yarim himoyachilar Dilshod Jo‘rayev, Otabek Zokirov, Sanjar Rixsiboyev va himoyachi Mirjalol Miryusupov tark etdi.

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 00:06, 19.06.2018.
O'qildi: 5888 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик