Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Oybek Qilichev: “Qilgan xatoimdan to‘g‘ri xulosa chiqardim”

Oybek Qilichev: “Qilgan xatoimdan to‘g‘ri xulosa chiqardim”

Baho:
+ | -1

2017 yilning 23 oktyabr kuni “Navbahor” futbolchisi Oybek Qilichev 1 yil muddatga futboldan chetlashtirilgandi.

Oybek Qilichev 2017 yilgi O‘zbekiston chempionatining 25-turi doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushib, raqibiga nisbatan tajovuzkor hatti-harakat amalga oshirgandi. Vaziyatni o‘rganib chiqqan O‘FA Ijroqo‘mi uni bir yilga futboldan chetlashtirish barobarida, 10 million so‘m miqdorida jarima ham tayin qilgandi.

Yaqinda O‘FA Ijroqo‘mi yig‘ilishida futboldan butunlay chetlashtirilgan futbolchilarga qaytadan imkoniyat berish masalasi ko‘rib chiqildi. Futbolchining pushaymonligi va bu boradagi maktublari inobatga olinib, Qilichevni 18 iyun kuni ochilgan transfer oynasidan foydalanib, qayta ro‘yxatga olish uchun ruxsat berildi.

“Futbol – extiroslarga boy o‘yin. Ba’zan futbolchilar maydonda o‘z asablarini jilovlay olmay qolishadi. Men ham o‘sha “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘z xatti-harakatlarimni nazorat qila olmay qoldim. Rosti o‘sha paytda qanday qilib raqibga nisbatan tajovuzkor o‘ynaganimni sezmay ham qoldim”, - deydi Oybek Qilichev.

“Mana o‘tgan yilning kuzidan buyon katta futboldan chetda yuribman. Ushbu davr mobaynida qilgan xunuk ishimdan juda afsuslandim. Zero butun umr futbol o‘ynagan kishi birdaniga “o‘yindan tashqari holat”ga tushib qolsa, uning uchun bundan og‘ir jazo yo‘q. Men o‘sha amalga oshirgan juda xunuk xatti-harakatlarimdan afsusdaman va xato qilganimni to‘liq anglab yetdim”, - deya o‘z pushaymonligini bildirdi futbolchi.

Chetlashtirishdan maqsad futbolchini shunchaki jazolash emas, unga qilgan ishi xato ekanini ongli ravishda tushuntira olishdir, deyiladi Ijroqo‘m majlisida. Shunday ekan, Oybek Qilichev PEPSI Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. Futbolchi shuni unutmasligi kerakki, u endi jiddiy nazoratda bo‘ladi. Navbatdagi tajovuzkor harakati uchun u kechirilmasligi mumkin.

“Har qanday holatda ham futbol “toza” bo‘lishi lozim. O‘yinchilar ham maydonda o‘zlarini professional tarzda tutishlari shart. Men endi raqiblarni xurmat qilgan holda, bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Birinchi navbatda o‘zbekistonlik barcha futbol muxlislaridan o‘zimni nomunosib tutganim uchun uzr so‘rayman. Qolaversa, afsusda ekanimni inobatga olib, belgilangan muddatidan avval menga futbolga qaytishimga ruxsat bergani uchun O‘FA rahbariyatidan va shaxsan Umid Ahmadjonovdan minnatdorman. Aslida kuz fasli so‘nggida kechirishsa kerak, deb o‘ylagan edim. Lekin O‘FA Ijroqo‘mi mening o‘z aybimni anglab yetganimni inobatga olib, maydonga qaytishimga ruxsat berdi. Endi ularning bildirgan ishonchini oqlash uchun ham o‘zimni hamisha professional tarzda tutishga va’da beraman”, - dedi Oybek Qilichev.

Ta’kidlash joizki, Qilichevni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoaga futbolchining shartnomasiga bu borada alohida band kiritish tavsiya etiladi. Ya’ni, futbolchi endi raqiblariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlar amalga oshirmasligi lozim. Umid qilamizki, Oybek Qilichev xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqardi va endilikda faqatgina chiroyli o‘yinlari bilan muxlislar yodida qoladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:26, 20.06.2018.
O'qildi: 4725 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.