Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Xorazm» o‘z maydonida ilk marotaba yutqazdi

«Xorazm» o‘z maydonida ilk marotaba yutqazdi

Baho:
+ | -

Pro-liga 16-turida «Xorazm» klubi Urganchda «Andijon»ni qabul qildi.

«Yoshlik» sport majmuasini to‘ldirgan muxlislar murosasiz va qiziqarli kurashlarga boy bahsni guvohi bo‘lishdi deb xabar beradi «Xorazm» klubi muxlislari telegram kanali.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. 18-daqiqada maydon egalari darvozasi tomon penalti belgilandi. Nodir Mavlonov uni aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Oradan 4 daqiqa o‘tgach, hisob tenglashdi. Muhammadqodir Rahimberganov o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni chiroyli zarba bilan darvozaning pastki burchagiga joyladi.

Ikkinchi bo‘lim mehmonlarning hujumlari bilan boshlandi. 51-daqiqada Shaxboz Jumaboyev bir necha himoyachini ortda qoldirib, jarima maydoniga kirib keldi va aniq zarba yo‘llab, to‘pni darvozaga kiritdi.

Ammo, mezbonlar yana kuchli iroda namoyish qilib, hisobni tenglashtira oldilar. 70-daqiqada chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Sardor Matmuratov darvozaga yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchi bu vaziyatda himoyachilardan ildamroq harakat qilgan edi.

78-daqiqada «Andijon» g‘alaba keltiruvchi golni urdi. «Xorazm» himoyachisi Oybek Nurboyev darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan chiqarib yubordi, natijada, qizil kartaga loyiq ko‘rildi. Shaxboz Jumaboyev penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi.

O‘yin yakuniga qadar «Xorazm» ko‘plab hujumlarni uyushtirgan bo‘lsa-da, «Andijon» himoyachilari bexato harakat qilib, o‘z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi. Natijada, bu mezbonlarning joriy mavsumda, o‘z maydonidagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

O‘yindan so‘ng, mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar-da, muxlislar «Xorazm» jamoasi futbolchilarini olqishlar bilan kuzatib qolishdi.

Bu natijadan so‘ng, «Andijon» 28 ochko bilan 3-o‘rinni, «Xorazm» 16 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

PRO Liga, 16-tur
21 iyun, Urganch, «Yoshlik» sport majmuasi, 944 tomoshabin
XORAZM (Urganch) - ANDIJON (Andijon) - 2:3
Gollar: Muhammadqodir Rahimberganov (22), Sardor Matmuratov (70) - Nodir Mavlonov (18 pen), Shaxboz Jumaboyev (51, 78 pen)
Chetlatish: Oybek Nurboyev (77, «Xorazm»)

Manba: Хоразм ФК мухлислари
Kiritildi: 21:50, 21.06.2018.
O'qildi: 3399 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.