Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

«A» seriyaning eng iqtidorli futbolchilari (fotogalereya)

«A» seriyaning eng iqtidorli futbolchilari (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Esda qolarli voqealarga boy tarzda o‘tgan Italiya «A» seriyasi yakunlariga nazar tashlashda davom etamiz. Bugungi maqola ushbu ligada to‘p surgan kelajagi porloq futbolchilarga bag‘ishlanadi.

Quyidagi ro‘yxatdan joy olganlar 1996 yildan keyin tavallud topishgan.

PATRIK KUTRONE («Milan»)

Montella Kutroneni kashf etdi, ammo vunderkind Vinchensoning jamoasida ochilib ketolmasdi. «Aeroplan»ga «soxta to‘qqizlik»da o‘ynaydiganlar yoqadi, Patrik esa markaziy forvardlarning klassik namunasi. Unining diapazonini Massarodan tortib Pippo Inzagigacha qiyoslash mumkin.

Jarima maydonchasi tashqarisida Kutrone o‘zini erkin his qilolmaydi, undagi ishonch kamaygandek tuyuladi, ammo darvozaga yaqinlashishi hamono haqiqiy yirtqichga aylanadi. Uning xislatlari Montella uslubiga mos kelmadi, shunga qaramay, Gattuzoning qarashlariga hamohang edi.

Yosh futbolchi Ronalduning vorisi hamda kuchga to‘lgan Kalinichdan yaxshiroq to‘p surdi. Keyingi mavsumda esa o‘z uslubiga yaqinroq bo‘lgan Bakkadan ko‘p narsa o‘rganishi mumkin. Anchadan buyon Italiyadagi 20 yoshlilar orasida bir mavsum davomida 18ta gol urgani topilmayotgandi.

NIKOLO BARELLA («Kalyari»)

Barella allaqachon Italiyaning yetuk yoshlari reytingida o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurgan. Uni o‘z tengqurlari orasida ikki marta mamlakatning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida e’tirof etishgan, turli yoshdagi termalarga chaqirishgan. Unda Paroloning o‘pkasi va Markizioning miyasi uyg‘unlashgan - Italiya bo‘lajak yulduzga umid bog‘lamoqda.

Barella bolaligida basketbolga mehr qo‘ygan, ammo Del Pyeroning o‘yinini ko‘rgach, ota-onasidan futbol to‘pi sotib olishni so‘ragan. Hozir esa haqiqiy universal - «Kalyari» yetakchisi va «Yuve», «Inter» hamda Angliyaning bir qator klublari «o‘lja»si.

Barella raqiblarini aldab o‘tadi, zarba yo‘llaydi, to‘pni olib qo‘yadi, kurashadi - mukammal yarim himoyachi qilishi kerak bo‘lgan vazifalarni sifatli tarzda amalga oshiradi. Endi ko‘nikmalarini eng yuqori darajaga olib chiqib, jahlini jilovlash borasidagi muammolarni yengishi lozim: o‘tgan mavsum 13ta sariq va bitta qizil kartochka oldi.

JENGIZ UNDER («Roma»)

Qishda «Roma» oltita o‘yinda uch ochko to‘pladi. Noxush seriya «Verona» maydonida yakunlandi: o‘yinning 45-daqiqasida Under to‘pni qabul qilib, ikki raqibini aldab, darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.

Bir haftadan so‘ng turk futbolchisi «Benevento»ga qarshi bahsda shou uyushtirdi: hisob 1:1 bo‘lib turganda, burchak to‘pini amalga oshirib, Jekoning goliga assistentlik qildi, so‘ngra «dubl» muallifiga aylandi. Keyingi turda Under «Udineze» darvozasiga g‘alaba golini yo‘lladi, ikki kundan so‘ng «Shaxtyor» bilan o‘yinda ham to‘p kiritdi.

Keyingi turda sukut saqladi, so‘ngra Neapolda chiroyli gol urgach, rimliklar bahorni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olishdi. Ko‘klam fasli Chempionlar Ligasi yarim finali bilan yakunlandi - «Barsa»ga qarshi bahsda Manolasning goliga aynan turk futbolchisi hammualliflik qildi.

Under mavsumni 8ta gol bilan yakunladi: hammasi yo birinchi yoki g‘alaba goli bo‘ldi. Jengiz - haqiqiy yetakchi.

FEDERIKO KYEZA («Fiorentina»)

Bu futbolchining yugurishi otasini eslatadi. Zarbasini ham xuddi otasi kabi yo‘llaydi. Raqibni aldab o‘tishi ham otasinikiga o‘xshash. Hozircha unchalik sifatli va turfa xil emasdir, ammo barchasini kerakli paytda amalga oshiradi.

Enriko Kyeza ayni payt to‘p surganida, Italiyaning eng yaxshi forvardi bo‘lishi mumkin edi, ammo uning faoliyati Inzagi va Vyeri davriga to‘g‘ri keldi.

Kichik Kyeza qanotda harakatlanadi, mavsumda 6ta gol urdi va 20 yoshida toskanalik muxlislar yoqimtoyiga aylandi. Barqarorlikka erisholmayapti, ko‘p hovliqadi, ammo raqib uchun xavfli, yuksak iqtidor sohibi.

LUKAS TORREYRA («Sampdoriya»)

Rossiya termasidan 22 yoshida top-klubda o‘ynashga layoqatli futbolchini zararsizlantirish talab etiladi. Torreyra to‘pni yaxshi ko‘radi, uni qidiradi va aniq uzatmalar (87 foiz) yo‘llaydi. Kurashuvchanlik va himoya chizig‘idagi ishlarni bajarishdan qochmaydi.

Lukas «A» sariyada to‘pni olib qo‘yish va vertikal uzatmalar bo‘yicha kuchli uchlikdan joy oldi. To‘pni egallab olish va raqibni fol ishlatishga majbur etish bo‘yicha esa yuqori oltilikdan o‘rin egalladi. Yakkakurashlarning 82 foizini, «ikkinchi qavat»dagi kurashlarning esa 38 foizini o‘z foydasiga hal qildi.

168 santimetr bo‘yga ega yigitcha uchun yomon natija emas, shundaymi? Torreyra xuddi Allan kabi to‘pni olib qo‘yadi, Bigliya singari pas uzatadi, De Rossidek o‘yinni o‘qiy oladi. Agar urugvaylik vunderkind maydonga tushmasa, Rossiya termasining omadi kelgani shu bo‘ladi. Tabaresning tanlov borasida o‘ziga xos prinsiplari borligi hech kimga sir emas.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:15, 22.06.2018.
O'qildi: 7728 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.