Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

JCH-2018ning eng yosh futbolchisi haqida nimalarni bilasiz?

JCH-2018ning eng yosh futbolchisi haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Avstraliya terma jamoasining JCH-2018ga bergan «zayavka»sida ikkita faktga guvoh bo‘lamiz. Birinchisi «sokkeruz» tarkibida Tim Kexill bor. Uning yoshi 38da.

Ikkinchisi - jamoa tarkibida turnirning eng yosh futbolchisi o‘ynaydi. 19 yoshli Deniel Arzani.

Bu yigitcha ota-onasiga «Agar futbol o‘ynab o‘lsam, bu ajoyib bo‘lardi», degandi. O‘shanda ular yosh futbolchilarning yuragidagi muammolar haqida gaplashishgan, Arzanining Avstraliya yoshlar termasidagi jamoadoshi Kris Naumoff «Numansiya»ga o‘tayotganda, tibbiy ko‘rik vaqtida uning yuragida muammosi borligi aniqlangandi.

Katta Arzani bundan xavtorlanib, o‘g‘lini EKG tahlili topshirishga ko‘ndiradi. Umuman olganda, otasi futbolni tashlab, xirurg bo‘lishini maslahat beradi. Xavfsiz va foydali kasb. Deniel esa futbolni o‘zidan ham ko‘proq yaxshi ko‘rishini aytadi.

Katta Arzani Eronda yashaganida bolalar jamoalarida o‘ynagan. O‘shanda unga futbol hech qanday natija bermagan. Shu bois ham o‘qishni tanlagan.

Arzanilar oilasi Avstraliyaga ko‘chib o‘tganida Deniel olti yoshda edi. O‘zining aytishicha, yurishni boshlaganidan buyon futbol o‘ynaydi. Lekin dastlabki professional jamoasiga 10 yoshida kirgan. 14 yoshida esa Avstraliya sport institutiga qabul qilishgan.

«Unda ajoyib futbol genetikasi bor, sheriklaridan ajrab turardi. Boz ustiga, o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori», - deydi Denielning birinchi murabbiyi. Gap dastlabki haqiqiy ustozi haqida bormoqda. Chunki «faoliyati»ning dastlabki yillarida otasi va akasi bilan futbol o‘ynagan.

Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini dimog‘dorlikka yo‘yishdi. «Sidney»da bir yil o‘ynagach, Arzanini jamoadan chetlatishdi. Bunga sabab - o‘yinlar va mashg‘ulotlar paytida taktik ko‘rsatmalarga unchalik e’tibor qaratmasdi.

Ko‘cha tarbiyasi ko‘rinib turardi. Chunki uning tengdoshlari milliy dastur asosida futbol internatlarida tarbiya topishgan. Ular murabbiylarning aytganlarini so‘zsiz bajarishga odatlanishgandi.

Futbolchi «Sidney»dan «Melburn»ga o‘tdi. U yerda Daniel Tim Kexill bilan tanishdi. Kexill o‘spirin yigit bilan ko‘p gaplashdi va ishladi. 18 yoshida Arzani qaysi mamlakat terma jamoasida o‘ynashi borasida bir qarorga kelishi kerak edi. O‘sha kezlari Avstraliya matbuotida uning Eron terma jamoasida o‘ynamoqchiligi to‘g‘risida xabarlar tarqadi.

«Ota-onam bilan maslahatlashdik. Avstraliyaga yaxshi hayot izlab kelganimizni muhokama qildik. Qaysidir ma’noda bu mamlakatdan qarzimiz bor edi. Shu bois ham Avstraliya termasini tanlash eng yaxshi qaror deb o‘yladik», - deydi Arzani. Aytgancha, u tanlashi kerak bo‘lgan paytda A-ligada atigi to‘rtta o‘yinda maydonga tushgandi.

JCH-2018ga boradigan kengaytirilgan tarkib e’lon qilinadigan paytda «Melburn» yarim himoyachisining tarkibga kirish yoki kirmasligi ko‘p muhokama qilindi. U milliy termaning mart oyidagi yig‘iniga ham jalb qilinmagandi. Lekin chemionatning so‘nggi turlaridagi kuchli o‘yini murabbiylar shtabining fikrini o‘zgartirdi.

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Bert van Marveyk ham intrigani ushlab turdi. U kengaytirilgan tarkibdagi futbolchilar ismini shaxsan o‘zi o‘qib eshittirdi. Arzani ro‘yxatning oxiridan joy olgandi.

«Ha, biz ko‘p vaqt unga e’tibor bermadik. Lekin Daniel kam o‘ynagan. Bu esa 19 yoshli futbolchi uchun normal holat. Hozir esa u nafaqat har hafta maydonga tushmoqda, balki yuqori saviyada to‘p surmoqda. Uning kam uchraydigan sifati bor - bir necha raqibni aldab o‘ta oladi. Jahon chempionatida menga ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, hisobni o‘zgartiradigan futbolchi kerak», - dedi van Marveyk.

Avstraliyada mavsum yakunlariga ko‘ra Arzani chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. Shuningdek, uni ramziy terma jamoaga kiritishdi. Boz ustiga, u Rossiyaga yo‘l oladigan yakuniy tarkibdan joy oldi.

«Futbolni juda yaxshi ko‘rardim. Lekin ota-onamning aytganlariga quloq solib, o‘qishni tanladim. O‘g‘limning gaplarimga quloq tutmagani qanchalik yaxshi bo‘ldi-ya» - deydi katta Arzani.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:08, 22.06.2018.
O'qildi: 5288 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.