Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Butunjahon futbol Sammiti direktori Marian Otamendi Umid Ahmadjonovni Xalqaro Kongressga taklif qildi

Butunjahon futbol Sammiti direktori Marian Otamendi Umid Ahmadjonovni Xalqaro Kongressga taklif qildi

Baho:
+1 | -

2017 yilning 12 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yangi rahbariyat tayinlanganidan so‘ng, o‘zbek futbolida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib, O‘zbekistonda sportning futbol turini rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi hamda amaliyotga tatbiq qilinmoqda. 

Ayni paytda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise prezidenti hisoblangan Umid Ahmadjonov tomonidan Ispaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, BAA davlatlari futbol federasiyalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Belgiyalik mutaxassilar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shaxsan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax, Osiyo Olimpiya kengashi Prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad al-Sabax O‘zbekiston MOQ prezidentining taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi.

Shuningdek, 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati mezbonlari Kanada, AQSH va Meksika futbol federasiyalari prezidentlari bilan Dubayda uchrashuv tashkil qilindi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixida birinchi marta Urugvay, Marokash, Senegal kabi FIFA reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Shaxsan Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan Real Madrid Foundation Clinic dasturi doirasida ispaniyalik mutaxassislar 16 kun davomida o‘zbekistonlik murabbiy va futbolchilarga master klasslar o‘tkazishdi.

Qisqa muddatda amalga oshirilgan ijobiy ishlar natijasida o‘zbek futboliga jahonda qiziqish paydo bo‘la boshladi. Bir qator xorijlik mutaxassilar ushbu urinishlar yuqori baholab e’tirof etishdi.

Jumladan, ushbu sa’y-harakatlarning samarasi o‘laroq, 2018 yilning 19 iyun kuni Butunjahon Futbol Sammiti direktori O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonovni joriy yilning 24-25 sentyabr kunlari Ispaniya poytaxti Madridda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Xalqaro futbol Kongressiga taklif etdi.

Ushbu futbol Kongressida o‘tgan yili 70 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 2000 dan ziyod futbol sohasi vakillari ishtirok etishgan. Bu yilgi Kongressdan ishtirokchilar sonining oshishi kutilmoqda. Ishtirokchilar orasida Jahonning eng kuchli klublari, futbol ligalari, Xalqaro federasiyalar va assosiasiyalar, dunyoga mashhur OAV hamda kompaniyalarning vakillari ishtirok etishadi.

Marian Otamendi ushbu rasmiy taklifida MOQ prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonovning O‘zbekistonda sportning barcha turlari xususan, futbolni rivojlantirish uchun qilayotgan mehnatini yuksak qadrlashini hamda Sammitga qilinadigan tashrifdan boshi osmonga yetishini ta’kidlagan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:40, 22.06.2018.
O'qildi: 3372 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик