Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

JCH-2018. Germaniya «aeroportdan ortga qaytdi»

JCH-2018. Germaniya «aeroportdan ortga qaytdi»

Baho:
+ | -

Jahon chempionatidagi eng dramatik o‘yin hozirgina yakuniga yetdi. Eng so‘nggi soniyalargacha, nahotki, amaldagi jahon chempioni — Germaniya terma jamoasi musobaqani guruh bosqichidayoq tark etadi, degan fikr barcha-barchani tark etmadi.

Nemislar keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun Shvesiyani mag‘lub etishi shart edi. Birinchi bo‘limda, umuman, butun o‘yin davomida  to‘p nazorat Lyov shogirdlari tomonida bo‘ldi. Shvedlar esa chuqur himoyaga yotib, qarshi hujumdan foydalanish payida bo‘lishdi. Bahsning 33-daqiqasida Ola Toyvonen yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, chiroyli tarzda to‘pni Noyerning ustidan oshirib, darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limning debyutida Germaniya javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Chap qanotdan tashkil etilgan hujumni Marko Roys samarali yakunlab, hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng germaniyaliklar bosim uyushtirib, tezda hisobda oldinga chiqa oladigan taassurot uyg‘ondi, ammo shvesiyaliklar himoyada mustahkkam o‘ynashda davom etishdi. Ayniqsa, darvozabon Olsen bir necha muqarrar goldan jamoasini qutqardi.

Uchrashuv tugashiga 8 daqiqa qolganida germaniyalik himoyachi Jerom Boateng ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Hakam VAR assistent yordamida futbolchiga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.

Bugungi o‘yindagi durang natija ham Germaniya termasi uchun mag‘lubiyatga teng edi. Shu bois, ular oldinga tashlanishdi. O‘yinga qo‘shib berilgan 5-daqiqada o‘ng qanotdan jarima zarbasi ishlandi. Toni Kroos esa uni shunday ijro etdiki, to‘p olis yuqori burchakka kirib ketdi!

Germaniya deyarli musobaqa bilan xaylashayozgandi, ammo bahs tugashiga 10-15 soniya qolganida Kroos amaldagi chempionlarni qutqarib qoldi. Ammo hali hammasi hal bo‘lmadi. Nemislar so‘nggi turda Janubiy Koreyani kamida 2ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishi talab etiladi.

JCH-2018. "F" guruhi, 2-tur
Germaniya – Shvesiya 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 32 Toyvonen, 1:1 – 48 Roys, 2:1 – 90 Kroos.
Germaniya – Noyer, Boateng, Ryudiger, Kimmix, Xektor (Brandt, 87), Rudi (Gyundogan, 31), Kroos, Draksler (Gomes, 46), Roys, Myuller, Verner.
Shvesiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson (Durmaz, 74), Larsson, Ekdal, Forsberg, Toyvonen (Gvidetti, 78), Berg (Telin, 90).
Ogohlantirishlar: Ekdal (52), Boateng (71), Larsson (90).
Chetlatish: Boateng (82).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:56, 24.06.2018.
O'qildi: 8852 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.