Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Germaniya guruhdan chiqa olmasligi mumkin (variantlar)

Germaniya guruhdan chiqa olmasligi mumkin (variantlar)

Baho:
+ | -

XXI asrga kelib amaldagi jahon chempionlari uchun keyingi Mundial ancha qiyin kelmoqda. 2002 yilda — Fransiya, 2010 yilda — Italiya, 2014 yilda Ispaniya guruh bosqichida qolib ketishgan. Ushbu qismat Germaniyaning boshiga ham tushishi mumkin.

Yoaxim Lyov shogirdlari 1-turda Meksikaga yutqazib qo‘yib, o‘zlarini qiyin ahvolga solib qo‘yishgandi. Bugun esa ular Shvesiya darvozasini so‘nggi soniyalarda ishg‘ol qilib, pley-offga chiqish uchun imkoniyatni saqlab qolishdi.

"F" guruhida vaziyat juda chigal. Meksika terma jamoasi, ikkita o‘yinda g‘alaba qozonganiga qaramay, hali pley-offga chiqib bo‘lgani yo‘q. Janubiy Koreya esa, ikkita bahsda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, nimchorak finalga chiqish uchun nazariy imkoniyatni saqlab turibdi.

Germaniya guruhdan chiqishi uchun:

1) Janubiy Koreyani mag‘lub etishi va Meksika Shvesiyaga yutqazmasligi kerak.

Shunda Germaniyaning ochkolari 6taga yetadi. Shvesiya hisobida esa 3 yoki 4 ochko bo‘ladi. Chempionlar guruhda 2-o‘rinni band etishadi. Koreyaga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotilishi Yoaxim Lyov shogirdlariga qimmatga tushishi mumkin. Ammo...

2) Mabodo, Germaniya Koreya bilan durang o‘ynasa ham, keyingi bosqichga chiqadi, agar Meksika Shvesiyani mag‘lub etib bersa.

Bunday holatda Lyov shogirdlariga 4 ochko ham yetarli bo‘ladi. Shvesiya 3 ochko bilan 3-o‘rinda qoladi. Germaniya 2-o‘rinni egallaydi.

3) Germaniya - Janubiy Koreya va Meksika – Shvesiya o‘yinlarida durang qayd etilsa, nemislar keyingi bosqichga chiqish uchun 3-turda narigi o‘yinga nisbatan gollarga boy bo‘lgan durang (3:3, 4:4, 5:5 va hokazo) qayd etishi kerak.

Shunda Shvesiya va Germaniyaning ochkolari 4taga yetadi va ulardagi to‘plar nisbati ham teng bo‘ladi. Nemislar ko‘p gol urgani hisobiga keyingi bosqichga yo‘l olishadi.

4) Nazariy jihatdan Germaniya guruhda 1-o‘rinni olishi ham mumkin. Buning uchun ular Koreyani imkon qadar yirikroq hisobda yengib, Meksikaning Shvesiyadan mag‘lub bo‘lishini kutishlari kerak bo‘ladi. Shunda 3ta jamoa hisobidagi ochkolar soni 6taga yetadi. U holda quyidagi ko‘rsatkichlarga qaraladi:

1. To‘plar farqi;
2. Urilgan gollar soni;
3. O‘zaro o‘yinlar natijasi
4. Fair play hisob-kitobi;
5. Qur’a.

So‘nggi turda erishiladigan yirik hisobdagi g‘alaba Germaniyaga 1-pog‘onani taqdim etishi mumkin.

Yuqorida aytganimizdek, Janubiy Koreya terma jamoasida ham keyingi bosqichga chiqish uchun nazariy imkoniyat mavjud.

Buning uchun Koreya:

– Germaniyani mag‘lub etishi kerak va Meksikaning Shvesiya ustidan g‘alaba qozonishini kutish kerak.

Shunda birdaniga 3ta jamoa — J.Koreya, Germaniya va Shvesiyada 3tadan ochko bo‘ladi. Bu holatda yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rinlar aniqlanadi.

Guruhda ancha qiziq vaziyat yuzaga kelgan, shunday emasmi? So‘nggi turda parallel kechadigan o‘yinning har bir daqiqasi qiziqarli kechadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:00, 24.06.2018.
O'qildi: 20102 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик