Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

JCH—2018. Bugungi 3 o‘yin ikkinchi turni yopib beradi

JCH—2018. Bugungi 3 o‘yin ikkinchi turni yopib beradi

Baho:
+ | -

Bugun, 24 iyun kuni jahon chempionatining 2-tur o‘yinlari yakunlanadi. «G» guruhida Angliya Panama bilan o‘ynasa, «H» guruhida Yaponiya Senegal bilan, Kolumbiya Polsha bilan o‘ynaydi.

Angliya Belgiyani ta’qib etadi

Birinchi turda Tunis ustidan oxirgi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozongan (2:1) angliyaliklar birinchi turni Belgiyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan (0:3) Panamaga qarshi o‘ynaydi. Angliya terma jamoasi «qizil iblislar»dan o‘zib ketish uchun ikkinchi turda ham, uchinchi turdagi o‘zaro uchrashuvda ham g‘alaba qozonishi kerak, Belgiya kecha Tunis darvozasiga 5ta gol yo‘llagandi va ayni vaqtda guruh peshqadami bo‘lib turibdi.

«Barcha Panamadan nimadir kutmoqda. Biz ularning ko‘p o‘yinlarini kuzatdik, shunday ekan biz ulardan syurpriz kutmayapmiz. Ular saralash bosqichida ajoyib harakat qilishgan va AQSHni ortda qoldirishgan. Ular birinchi turda yutqazishdi va endi bizga qarshi o‘yinda vaziyatni o‘nglashga tayyorlanishmoqda. Bu o‘yinda bizga oson bo‘lmaydi. Biz aqlli harakat qilsak, yaxshi natijaga erishamiz», degan Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt.

Shanba kuni Angliya termasi yetakchilaridan biri Dele Alli umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarga qaytdi. Futbolchi 18 iyun kuni Tunisga qarshi kechgan o‘yinda jarohatlangandi.

Angliya – Panama

24 iyun. Nijniy Novgorod. «Nijniy Novgorod» stadioni. 17.00 (Perviy kanal).

Hakamlar: GRISHA (Misr). Ashik (Marokash), Axmed (Sudan). 

Guruhdagi vaziyat

Sisse o‘ziga ishonmoqda

Senegal va Yaponiya o‘rtasidagi uchrashuvda katta ehtimol bilan «H» guruhi g‘olibi nomiga oydinlik kiritiladi. Yaponlar bungacha ham ikki marta, JCH-2002 va JCH-2010 turnirlarida pley-offda o‘ynagan, afrikaliklar esa faqat 2002 yili guruhdan chiqib, chorak finalga qadar yetib bora olgandi.

«2002 yili bizda ajoyib futbolchilar avlodi bo‘lgandi, hozir ham yaxshi avlod yetishgan. O‘ylaymanki, bizda barchasini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar bor. Jamoada ishtiyoq yuqori, biz bundan keyin ham sifatli futbol namoyish etishga harakat qilamiz. Biz birinchi o‘yinda g‘alaba qildik va ikkinchisidagi g‘alabaning ahamiyati qandayligini bilib turibmiz. Bu juda zo‘r motivasiya», degan 2002 yilgi terma jamoaga sardorlik qilgan Alio Sisse.

Yaponiya – Senegal

24 iyun. Yekaterinburg. «Ekaterinburg Arena» stadioni. 20.00 (Match TV).

Hakamlar: ROKKI. Di Liberatore, Tonolini (barchasi – Italiya).

Yutqazgan imkoniyatni yo‘qotadi

Birinchi turda mag‘lub bo‘lgan ikki jamoa - Polsha va Kolumbiya bu turda o‘zaro to‘qnashadi. Qozondagi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraydigan terma jamoa pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

«Bu o‘yinda ikki jamoa ham g‘alaba uchun o‘ynaydi. Jamoalar tezkor futbol namoyish etishi tayin. Barcha imkoniyatlar ishga solinadi. Bir gol barchasini hal etishi mumkin. Jahon chempionati o‘yinida katta burilish yasash qiyin ish. Bunday ishni shveysarlar serblarga qarshi o‘yinda namoyish eta olishdi. Ammo boshqa ko‘p o‘yinlarda birinchi bo‘lib gol urgan jamoa o‘yinni nazorat qilib, g‘alabani saqlab qolmoqda. Bu o‘yin biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega», degan kolumbiyaliklar ustozi Xose Pekerman.

Qozondagi o‘yindan oldin polshaliklar yarim himoyachisi Yakub Blashikovski va jamoa sardori, himoyachi Kamil Glik safga qaytgan, ular Kolumbiyaga qarshi o‘ynashi mumkin.

«Kolumbiyada ko‘plab yuqori saviyalik futbolchilar jamlangan, ammo biz asosiy e’tiborni jamoaviy o‘yinga qaratishmiz kerak. G‘alaba uchun barcha ishni qilamiz. Birinchi o‘yinda ikki gol ham o‘z aybimiz bilan sodir bo‘lgandi. Bu xatolarni to‘g‘rilashimiz kerak», degan polyaklar yarim himoyachisi Gjekoj Krixovyak.

Polsha – Kolumbiya

24 iyun. Qozon. «Kazan Arena» arena. 23.00 (Perviy kanal).

Hakamlar: RAMOS. Torrentera, Ernandes (barchasi – Meksika).

Diskvalifisiya qilinganlar: yo‘q – Karlos Sanches.

Guruhdagi vaziyat

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 16:20, 24.06.2018.
O'qildi: 4175 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.