Shveysariya terma jamoasi yarimhimoyachilari Granit Jaka va Jerdan Shakiri siyosatga aloqador qiliqlari uchun diskavalifikasiya qilinishlari mumkin.
Fuutbolchilar JCH-2018da Serbiyaga qarshi uchrashuvda (2:1) gollardan so‘ng qo‘l harakatlari bilan Albaniya bayrog‘idagi burgutni ko‘rsatganlar.
FIFA voqeani o‘rganmoqda. Bu intizom kodeksining 54-moddasiga mos tushadi, unda 5 ming shveysariya franki va 3 o‘yinga chetlatish nazarda tutilgan.
FIFA eksperatlardan bu harakatlarda provokasiya bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlamoqchi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu ikki futblchiga intizomiy ish ochilgani xabar qilingan edi.