Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Superliga klublari futbolchilaridan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativ qabul qilish boshlandi

Superliga klublari futbolchilaridan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativ qabul qilish boshlandi

Baho:
+ | -

Superliga klublari futbolchilarining jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar bergan edik. 

Shuni ta’kidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari joriy yil avvalida o‘zbek futbolida ilk marta amalga tadbiq etildi. Sinovlarning dastlabkisi o‘tgan yilning dekabr oyida, so‘ngra chempionat starti oldidan fevral oyida o‘tkazilib, shu orqali milliy chempionatimiz klublari futbolchilarining jismoniy holati haqida umumiy xulosa qilingandi.

Mazkur test-sinovlari tizimini ishlab chiqib, futbolchilarning jismoniy holati yaxshilanib borishini nazorat qilayotgan O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo‘limi belgilangan reja asosida yozgi normativlar qabul qilishni ham boshladi. 

Kecha, 24 iyun kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchilari birinchi bo‘lib normativlar topshirishdi. Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo‘limi xodimi pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar har bir klub futbolchilarining oydan-oyga jismoniy jihatdan o‘zining optimal sport formasiga kirib borayotganini sinovdan o‘tkazishmoqda.  Futbolchilar 30 metrga yugurish, uzunlikga sakrash, 7x50  metrga yugurish,  “Yo-Yo” test sinovlari bo‘yicha normativlar topshirishmoqda. Darvozabonlar esa qo‘shimcha ravishda to‘pni belgilangan masofaga qo‘lda va oyoqda yetkazib berish bo‘yicha ham o‘z ko‘rsatkichlari yaxshilanib borayotganini namoyish etishlari talab etilmoqda. 

“Test-sinovlari mavsum avvalida futbolchilarning yangi chempionatga qanday tayyorgarlik ko‘rganini aniqlash, ularning jismoniy jihatdan to‘liq mavsum o‘tkazishga tayyorligiga ishonch xosil qilish maqsadida tashkil etilgan edi. Ana endi hozirda klublar yozgi ta’tilga yo‘l olishdi.  Ular mavsumning ilk qismini o‘tkazishdi. Har bir klubning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi o‘z qo‘l ostidagi futbolchilarning jismoniy jihatdan faqat o‘sishga erishishlarini nazorat qilib bormoqda. Ularning bu borada qanday ish olib borganini endi normativlar aniq ko‘rsatib beradi. Normativlar shartlari o‘zgarishsiz qoldi.  Faqatgina futbolchilarning sekin-asta formaga kirib borayotganini inobatga olib, ko‘rsatgichlar biroz kuchaytirildiki, endi o‘yinchilar qishdagidan ko‘ra biroz tezroq va yaxshiroq natijalar qayd etishi lozim bo‘ladi”, - dedi Shamil Iseev. 

 

PEPSI Superliga klublarining normativ topshirish muddatlari jadvali: 

 

Jamoa

Sana

1

Qo‘qon-1912

24.06.2018

2

Bunyodkor

25.06.2018

3

Navbahor

25.06.2018

4

Neftchi

26.06.2018

5

So‘g‘diyona

27.06.2018

6

Buxoro

28.06.2018

7

Qizilqum

29.06.2018

8

Nasaf

30.06.2018

9

Metallurg

01.07.2018

10

AGMK

02.07.2018

11

Paxtakor

03.07.2018

12

Lokomotiv

05.07.2018

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:54, 25.06.2018.
O'qildi: 2707 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.