Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr! Yoxud Ermatov va Utkin atrofidagi voqealar haqida

Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr! Yoxud Ermatov va Utkin atrofidagi voqealar haqida

Baho:
+ | -1

JCH-2018 guruh bosqichi 2-turi doirasidagi Argentina - Xorvatiya o‘yini kutilganidek, o‘ta yuqori sur’at ostida, ancha asabiy ruhda  o‘tdi.

Xorxe Sampaoli shogirdlari to‘pni ko‘proq nazorat qilib, kombinasion hujumlar tashkil qilgan bo‘lsalar, xorvatlar ularni tezkor qarshi yurishlar bilan rosa qiynashdi.

Tanaffusga qadar hisobdagi tenglik saqlanib turdi, ikkinchi bo‘limda esa bizga OCHL orqali tanish murabbiy - Zlatko Dalich shogirdlari Lionel Messi va uning sheriklarini shunchaki, «tiz cho‘ktirishdi». Yo‘q, hozir ko‘pchilik tomosha qilgan uchrashuvni atroflicha sharhlamoqchi emasmiz, albatta.

Shunchaki, hamyurtimiz Ravshan Ermatovning mohirona hakamligi va bu borada yuzaga kelgan munosabatlarga birrov to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Yetakchi referimiz butun bahs davomida nazoratni qo‘ldan chiqarmay, o‘yin sur’ati tushmasligini ta’minladi.

Xususan, ko‘rsatilgan 7ta sariq kartochka qanday asosga egaligini futbolchilarga tushuntirib ham berdi, vaziyat taqozosiga ko‘ra. Shunga muvofiq, har ikki jamoa vakillari hakamlikka nisbatan jiddiy e’tirozlar bildirishmadi.

Biroq hammasi Lionel Messi va Argentina termasiga muxlislik qilgan rossiyalik sharhlovchi Vasiliy Utkin tomonidan aytilgan nomaqbul (noprofessional) mulohazalardan so‘ng boshlandi.

Utkin misolida futbol sharhlovchisi betaraf bo‘lishi shart qabilidagi tushuncha yo‘qolib borayotganinga ishonch hosil qildik...

Lavha №1. Futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida Argentina - Xorvatiya uchrashuvini binoyidek boshqargan Ravshan Ermatovni haqoratladi. U referining ma’lum vaziyatda futbolchiga darhol sariq kartochka ko‘rsatmaganidan norozi bo‘ldi.

Keyinroq Utkin o‘ylamay yozgan fikrini yumshatish uchun yana bir «tvit» qoldirdi: «Mana, Ravshan Ermatov, bo‘larkan-ku. Aqlni ishlatish hech qachon kech emas. Kechirildi, bingo!!» Uchrashuvning ertasi kuni Utkin nomaqbul fikrlarini barcha muxlislar ham hakamlarni haqorat qilishlari, bu tabiiy hol ekanligi bilan izohladi.

Ya’ni Ermatovni himoya qilganlarga oddiy javob berdi: «Mening ishqibozlik qilishimga xalal bermanglar». Tabiiyki, muxlislar Utkinning noxolis yondashuviga jiddiy e’tiroz bildirib, undan uzr so‘rashni talab qildilar. Ta’kidlash joiz, sharhlovchi «Tvitter»da minglab haqoratlar ostida qoldi va unga salbiy munosabatlar tinimsiz davom etdi.

Lavha № 2. O‘yin davomida Ravshan Ermatov sha’niga nojoiz so‘zlar ishlatgan Utkin muxlislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga taklif qildi. Chunonchi, u «Tvitter» ijtimoiy tarmog‘idagi javob haqoratlariga chidolmadi shekilli.

«Hurmatli o‘zbek muxlislari! Sizlarning haqoratlaringizni qabul qilish va savollaringizga javob berish uchun soat 11:40 yoki bir necha daqiqadan so‘ng maxsus «insta»da jonli efirga chiqaman. Ura», - deb yozdi Utkin.

Lavha № 3. «Instagram»dagi debat. Vasiliy Utkin «Telegram» kanali orqali muxlislarga murojaat qildi:

- Mening jonli efirimga ulgurmaydigan, kelmaydigan, xohlamaydiganlar, sabrsizlar uchun, shuningdek, eshitishdan ko‘ra, o‘qishni qulay biluvchilar uchun.

Men ... (...), ..., yuvindixonadan topilgan, oilamning sharmandasi, mol, to‘ng‘iz va hokazoman. O‘z haqoratingizni «Instagram» direkti (boshqaruvi)ga yozib qoldiring, eng yaxshisini tanlab, alohida e’lon qilaman.

Ijodkorlardek so‘kining. Meni istaganingizcha so‘kishga to‘la haqlisiz. Eng yomon so‘zlar bilan. Shunday qilyapsiz ham - sharhlovchi hakam kabidir. Taxminlarim to‘g‘ri chiqmasa, doim shunday qilib kelgansiz.

Men ablahman, men... jirkanchman, sizlar ta’riflagan har narsaman...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:34, 26.06.2018.
O'qildi: 13976 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.