Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 1-0 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 0-0 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘zbekistonlik shaxmatchilar jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi

O‘zbekistonlik shaxmatchilar jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Minskdagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Belarus poytaxti Minsk shahrida shaxmatning blis va rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi II jahon chempionati nihoyasiga yetdi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham ishtirok etdilar va Vatanga medallar shodasi bilan qaytadigan bo‘lishdi.
 
O‘zbekistonlik shahmatchilar rapid yo‘nalishidagi bahslarda 2 ta oltin (Humoyun Begmurotov, Umida Omonova), 2 ta kumush (Afro‘za Hamdamova, Olmos Rahmatullayev), blis bellashuvlarida esa 3 ta oltin (Humoyun Begmuratov, Afro‘za Hamdamova, Umida Omonova) hamda 2ta kumush (Ruqiya Olimova, Shahrombek Karimov) medallarini qo‘lga kiritishdi.
 
Umumiy 9 ta medalga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladilar. Terma jamoamizdan so‘ng ikkinchi o‘rinni rossiyalik shaxmatchilar band etgan bo‘lsalar, kuchli uchlikka ukrainalik sportchilar yakun yasashdi.

“O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston shaxmat federasiyasi, terma jamoamiz murabbiylar shtabi, chempion sportchilarimiz va ularning ota-onalarini muborakbod etadi”, deya yozadi MOQ Matbuot xizmati.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:13, 26.06.2018.
O'qildi: 2761 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик