Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

JCH-2018. Argentina va Messi bir amalladi!

JCH-2018. Argentina va Messi bir amalladi!

Baho:
+ | -1

Jahon chempionatining "D" guruhidagi intriga so‘nggi soniyalargacha saqlanib qolgani bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Musobaqani juda yomon boshlagan Argentina terma jamoasi yakunda keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Argentinaliklar nihoyat o‘z o‘yinlarini topgandek bo‘lishdi. Ular Nigeriyaga qarshi bahsning 15-daqiqasida hisobni ochishdi. Banega maydon markazidan oldingi chiziqqa uzatma berdi. Messi himoyachilar ortidan otilib chiqdi, to‘pni egalladi va yakkama-yakka vaziyatda o‘ng oyoqda zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Bu Lionelning JCH-2018dagi ilk goli edi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida raqib himoyachilari o‘z jarima maydonchalari ostonasida Di Mariyani chalib yiqitishdi. Leo Messi tomonidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida tajribali Xavyer Maskerano "qovun" tushirdi. Nigeriyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda "Barsa"ning sobiq himoyachisi raqib hujumchisini qo‘li bilan tortib yiqitdi. Belgilangan penaltini Viktor Mozes xotirjamlik bilan amalga oshirib, muvozanatni tikladi.

Bu gol "albisileste"ga ruhan salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, afrikaliklar himoyada ishonch bilan harakatlana boshladilar. Qarshi hujumda esa ular hattoki gol urishga yaqin keldilar. O‘yin tugashiga 7 daqiqa qolganida Igalo o‘tkir burchak ostida Argentina posboni Armani bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va zarba berdi. Darvozabon esa zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida esa Xorxe Sampaoli shogirdlari g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Markos Roxo yerga tushirmasdan Nigeriya darvozasiga joylab qo‘ydi.

Bu paytda parallel kechayotgan Islandiya-Xorvatiya bahsida durang qayd etilayotgan edi. Agar Islandlar bitta gol urib, g‘alaba qozonishganida pley-offga ular yo‘l olishardi. Ammo xorvatlar tezda gol urishdi va Argentinaga biroz xotirjamlik bag‘ishladi. Messi jamoadoshlari so‘nggi daqiqalarda to‘ni nazorat qilish evaziga vaqtni cho‘zdi va g‘alabani saqlab qoldi.

Shu tariqa, Argentina terma jumoasi juda katta qiyinchilik bilan "D" guruhidan pley-offga chiqdi. Nimchorak finalda ularni Fransiya terma jamoasi kutib turibdi.

JCH-2018, "D" guruhi, 3-tur
Nigeriya – Argentina 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 14 Messi, 1:1 – 51, penalti Mozes, 1:2 – 86 Roxo.
Nigeriya – Uzoxo, Balogun, Omeruo (Ivobi, 90), Idovu, Trost-Ekong, Mozes, Ndidi, Etebo, Obi Mikel, Musa (Nvankvo, 90), Ixeanacho (Igalo, 46).
Argentina – Armani, Roxo, Otamendi, Talyafiko (Aguero, 80), Maskerano, Peres (Pavon, 61), Banega, Di Mariya (Mesa, 72), Merkado, Messi, Iguain.
Ogohlantirishlar: Balogun (32), Maskerano (49), Banega (64), Obi Mikel (90), Messi (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:01, 27.06.2018.
O'qildi: 9347 marta.
Fikrlar: 58 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.