O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, FIFA va OFK komissari Olim Arifov shu kunga qadar JCH-2018dan o‘rin olgan 3 ta o‘yinda komissar sifatida ishlagani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.
U shu vaqtga qadar Kosta-Rika - Serbiya, Daniya - Avstraliya va Rossiya - Urugvay uchrashuvlarida ishlagandi.
Endilikda Olim Arifovga “N” guruhidan o‘rin olgan Senegal – Kolumbiya o‘yini ham ishonib topshirildi. JCH-2018dan o‘rin olgan Senegal – Kolumbiya o‘rtasidagi uchrashuv 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.