Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy 1-0 Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand 1-1 Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

MOFA tomonidan Toshkentda “CAFA U-16 championship” musobaqasi o‘tkaziladi

MOFA tomonidan Toshkentda “CAFA U-16 championship” musobaqasi o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytahtimiz tarixda birinchi marta mintaqa chempionatiga mezbonlik qiladi.

16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston terma jamoalari Toshkentdagi "Milliy" stadionida tashkil etilayotgan “CAFA U-16 championship” musobaqasida kuch sinashishadi. Musobaqa davomida Markaziy Osiyodagi kamida "V" toifaga ega murabbiylar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi. Bu o‘quv kurslarida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasiga a’zo mamlakatlarning 2 nafardan vakili hamda o‘zbekistonlik vakillar ishtirok etishadi. O‘quv kurslarini OFK instruktori Islom Ahmedov va OFK texnik qo‘mitasi a’zosi Shovkat Imamovlar olib borishadi.

"Markaziy Osiyo murabbiylari uchun bu kabi o‘quv kurslari O‘zbekistonda birinchi marta tashkil qilinmoqda. Bundan maqsad, nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqada futbolning rivojlanishiga hissa qo‘shish, murabbiylar malakasini oshirish, futbol rivojini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Ishonchim komilki, bu kabi sa’y-harakatlar albatta o‘z samarasini beradi", - deydi Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi Prezidenti va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov.

Manba: The-uff.com
Kiritildi: 17:12, 27.06.2018.
O'qildi: 2612 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.