Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Doimo «yo‘q» deb ayt! Yoxud «Atletiko»ning mag‘rur sardori haqida

Doimo «yo‘q» deb ayt! Yoxud «Atletiko»ning mag‘rur sardori haqida

Baho:
+ | -

Maftunkor futbol olamida ne-ne voqealar yuz bermaydi, deysiz? Umuman, mantiqqa zid bo‘lgan haqiqatni qanday «hazm» qilish mumkin?

«Atletiko» - Yevropa Ligasining amaldagi g‘olibi. Hal qiluvchi bahsda («Marsel» - 3:0) «dubl» uchun Grizmanni maqtash bilan ovora bo‘lgan muxlislar Gabining so‘nggi nuqtasini e’tibordan qochirishdi.

Bu ham mayli-ya, hech qaysi nomdor jamoaning sardori ispaniyalik «hindular» yetakchisiga o‘xshamaydi. Chunki uning yulduzlik maqomi doimo shubha ostida, ammo o‘yini - hech qachon!

Boz ustiga, uning ayrim fazilatlari xususida hech ikkilanmasdan «yo‘q» deyishi mumkin.

1. VA’DAGA VAFO QILMASLIK

2017 yilning oxirida Gabining intervyusi kuchli «portlash»ga sabab bo‘lgandi. Chunki u Yevropa Ligasi turnirini tanqid ostiga olgandi: «Evropa Ligasidagi ishtirok - bema’nilik. Musobaqada qatnashish chekimizga tushgan ekan, har doimgidek faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz».

Tabiiyki, bu muxlislar izzat-nafsiga tegdi: «U o‘zi anchadan beri hammaga aql o‘rgatadigan bo‘lib qolgan. Qani, avval hech bo‘lmasa finalga chiqib ko‘rsin-chi, uddalay olarmikan? Keyin tanqid qilsa, yarashadi!» «Hindular» sardori e’tiroz bildirib o‘tirmadi. Lekin turnirda yorqin g‘alabalarni qayd etib, finaldan so‘ng nufuzli kubokni boshi uzra baland ko‘tardi.

Ispaniyalik futbolchi va’daga vafo qilibgina qolmasdan, musobaqa xususidagi noo‘rin e’tirofini tan olishga ham o‘zida kuch topa oldi: «Endi men Yevropa Ligasi haqidagi salbiy fikrlarimni yutib yuborishga majburman. U paytda hammamiz murakkab davrni boshdan kechirayotgandik». Ha, xatoni tan olish - mardning ishi!

2. USTOZGA PAND BERMOQLIK

Gabi shunchaki, «Atletiko» futbolchisi emas, balki Simeonening eng yaqin ko‘makchisi ekanligi hech kimga sir emas. Diyego futbolchilik faoliyatini yakunlayotgan, Gabi esa «Atletiko» safidan joy olishga urinayotgan pallada ular ilk bor uchrashishdi. 7 yildan keyin ikkovlon yana Madridda o‘zaro duch kelishdi.

2011 yil ularning ikkisi uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi. Chunki Diyego murabbiy sifatida debyut mavsumidayoq jiddiy sinovdan o‘tdi. Tez orada shogird Simeonening o‘ng qo‘liga aylandi: murabbiy talabini aniq tushunadi va jamoa­doshlariga aniq yetkazadi, ularni ruhan qo‘llab-quvvatlab, maydonda ham bog‘lovchilik vazifasini ado etadi.

Buning evaziga Simeone uni to‘liq ishonch bilan taqdirladi - Gabi muntazam ravishda maydonga tushish imkoniyati va sardorlik bog‘ichiga ega bo‘ldi. «Gabi bir vaqtlari men to‘p surgan 14-raqam ostida maydonga tushayotganidan ko‘nglim g‘ururga to‘ladi.

U jismoniy va texnik-taktik jihatlar bo‘­yicha yuksak ko‘rsatkichlarga ega, o‘yin shiddatiga dosh beradi. Bundan tashqari, katta tajriba evaziga har qanday muammoni bartaraf eta oladi», - deydi Diyego.

3. NOTO‘G‘RI KO‘RSATMA BERMOQLIK

Gabining faoliyati faqat «Atletiko» bilan bog‘liq emas: 2007-2011 yillarda u «Saragosa»da to‘p surgan. Faoliyatidagi mojaro ham shu jamoa bilan bog‘liq. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2011 yilda «Levante» va «Saragosa» o‘zaro kelishilgan uchrashuv o‘tkazishgan.

Elitada o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun Gabining sobiq jamoasini faqat g‘alaba qoniqtirardi. Qahramonimiz «dubl»ni qayd etib, kerakli natijani ta’minlagandi.

Oradan uch yil o‘tgach, Ispaniya prokuraturasi Gabini ko‘rsatma berishga majbur etdi. «Klub mendan nimani talab qilgan bo‘lsa, shuni bajardim», - dedi futbolchi xotirjamlik bilan.

Jinoiy ish hanuzgacha yakuniga yetgan emas, prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yin arafasida murabbiy va to‘qqiz nafar futbolchi (jumladan, Gabi ham) mukofot pullarini olishdi, bir necha kundan keyin esa klub prezidentiga qaytarib berishdi. Pullarning keyingi yo‘nalishi ma’lum emas.

4. TERMA JAMOADAGI ISHTIROK

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:31, 28.06.2018.
O'qildi: 5125 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.