Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

JCH-2018da «qaynoq» palla boshlanmoqda

JCH-2018da «qaynoq» palla boshlanmoqda

Baho:
+ | -

Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining hal qiluvchi pallasiga yetib keldik. Guruh bosqichi yakuniga yetib, pley-off o‘yinlari boshlanish arafasida turibmiz.

Sayyoramizning eng kuchli 16ta terma jamoasi chempionlik uchun kurashni davom ettiradilar. Buyog‘iga hech kimning xato qilishga haqi yo‘q. Yutqazgan jamoa musobaqani tark etaveradi. Demak, alamli ko‘z yoshlar guvoh bo‘lamiz.

Nimchorak finalning dastlabki o‘yinida Lionel Messi boshliigidagi Argentina terma jamoasi Fransiyaga qarshi saf tortadi. "Albisileste" katta qiyinchilik evaziga guruhdan chiqdi. Bundan xabaringiz bor, albatta. "Uchranglilar" "C" guruhi g‘olibiga aylanishdi, ammo Desham jaomasi hali o‘zining yorqin o‘yinini namoyish qilganicha yo‘q. Xo‘sh, kim favorit? Bu savolga aniq javob bera oladigan muxlisni topish qiyin bo‘lsa kerak. Imkoniyatlar — 50/50. Fransiya - Argentina o‘yini Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. Uchrashuv Qozon shahrida stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning eronlik hakam Alirizo Fag‘oniy boshqarib boradi.

Kunning ikkinchi o‘yini Krishtianu Ronaldu ishtirokida bo‘ladi. Portugaliya terma jamoasi "A" guruhi g‘olibi — Urugvay bilan bahs olib boradi. Bu yerda ham imkoniyatlar deyarli teng. Ronaldu JCH-2018 to‘purarlar poygasida 2-pog‘onada bormoqda. Krshtianu 2018 yilda ham "Oltin to‘p"ni o‘ziniki qilib olish uchun bugungi o‘yinda gol urishi va Portugaliya keyingi bosqichga chiqishi talab etiladi. Bunga urugvayliklar rozi bo‘lisharmikan? Ko‘ramiz. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi. Sochi shahrida o‘tadigan uchrashuvni meksikalik hakam boshqarib boradi.

E’tiborli tomoni, ushbu juftliklar g‘oliblari chorak finalda o‘zaro to‘qnash kelishadi. Demak, 1/4 finalda Messi - Ronaldu to‘qnashuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

JCH-2018. Nimchorak final
Qozon. "Kazan Arena". 19:00
FRANSIYA - ARGENTINA
Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

Sochi. "Fisht olimpiya". 23:00
URUGVAY PORTUGALIYA
Bosh hakam: Sezar Arturo Ramos (Meksika)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:37, 30.06.2018.
O'qildi: 3554 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.