Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

JCH-2018. Nimchorak finalda kimning imkoniyati qanday?

JCH-2018. Nimchorak finalda kimning imkoniyati qanday?

Baho:
+ | -3

Jahon chempionatida pley-off o‘yinlari oldidan jamoalarninig keyingi bosqichga chiqish ikoniyatlarini foizlarda belgilashga urinib ko‘ramiz!

FRANSIYA – ARGENTINA 50%-50%
Ko‘pchilik bu o‘yinda Fransiyaning imkoniyatlarii yuqoriroq deb o‘ylamoqda. Agar Argentina o‘z o‘yinini ko‘rsata olsa, jamoaviy o‘yindan ko‘ra indivudial o‘yinni xush ko‘radigan fransuzlar qiyin ahvolda qolishadi. pley-off bosqichi guruh o‘yinlaridan batamom farq qiladi. Bu o‘yinlarda jamoalarninig haqiqiy kuchini bilib olishimiz mumkin.

URUGVAY – PORTUGALIYA 45%-55%
SuareS-Ronaldu qarama -qarshiligini kutayotgan muxlislar, taxminimizcha, pley-off o‘yinlarining eng murosasiz shaklini ko‘rishsa ajabmas. Chunki ikkala jamoa ham hozirda hujumkor o‘yin namoish etishmoqda. Ulardan shedevr o‘yinni kutib qolamiz

BRAZILIYA – MEKSIKA 70%-30%
Pentakampeonlar Meksika bilan o‘ynashni bilishadi. Lekin bunday yuqori koeffisiyentning sababi bu emas. Asosiy sababi jamoa o‘yindan-o‘yinga kuchayib boryapti. Titening Braziliyasini yengish uchun Meksikada imkoniyat ozroq, ammo urinib ko‘rsa bo‘ladi.

BELGIYA – YAPONIYA 80%-20%
Yaponlar Polsha bilan o‘yinda o‘zlarining bo‘shroq tomonini ko‘rsatib qo‘yishdi. Ularni bu yerga chiqishga Kolumbiya qarashib yuborganini ham alohida aytib o‘tish kerak. Hozirda Belgiya mundialdagi istalgan jamoa bilan o‘ynay olish salohiyatiga ega ekanligini hisobga olsak, qit’adoshlarimizga oson bo‘lmaydi.

ISPANIYA – ROSSIYA 52%-48%
Ko‘pchilik Ispaniyaning imkoniyatlarini yuqori qO‘yishi mumkin. Lekin Ispaniyaning Eron termasi bilan bo‘lgan o‘yinini ko‘rgan muxlislar bo‘lsa, bu foizlarni darrov tushunishadi. To‘g‘ri, Rossiya xam guruhning 3-turda ajoyib o‘yin ko‘rsatmadi. Lekin bu uchrashuvda ular mezbon ekanligi juda katta ustunlik beradi.

SHVESIYA – SHVEYSARIYA 50%-50%
Nomdosh jamoalarning imkoniyatlari ham teng. Ulardan har narsa kutsa bo‘ladi. Super yulduzlarsiz ham jamoaviy o‘yin bilan ulardan biri 1-8 final bosqichiga chiqishi mumkin.

XORVATIYA – DANIYA 60%-40%
Ko‘hna qit’aning ikki jamoasi pley-off yo‘llanmasi uchun maydonga chiqishadi. Yo‘lidan chiqqan hech kimni ayamayotgan xorvatlar bu safar ham chiroyli o‘yin namoish etishsa, maqsadlariga yetishishlari mumkin. Daniya esa Kasper Shmeyxelning ishonchli o‘yini va qarshi xujumlarga umid bog‘lasa kerak.

KOLUMBIYA – ANGLIYA 45%-55%
Bu uchrashuvni hatto o‘zim ham katta qiziqish bilan kutyapman. Chunki u taxminlarga ko‘ra, pley-offninig eng tomoshabop o‘yini bo‘lsa ajab emas. Inglizlar agar shu to‘siqdan o‘ta olishsa, yarim final uchun nisbatan osonroq jamoalardan biri bilan o‘ynash huquqiga ega bo‘ladilar. Bu esa yarim final imkoniyatini yanada oshiradi

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:48, 30.06.2018.
O'qildi: 7816 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.