Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

JCH-2018ga traktor va velosipedda borgan muxlislar (fotogalereya)

JCH-2018ga traktor va velosipedda borgan muxlislar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Mundial - nafaqat murosasiz va natijalari «qolip»ga sig‘maydigan futbol, balki ayrim o‘ziga xos muxlislar uchun jamoatchilik e’tiborini qozonish vositasi.

Kimdir ajabtovur liboslarga burkangan holda stadion atrofida qaysidir kameraning e’tiborini tortish umidida sayr qiladi. Boshqasi esa chempionatga g‘ayritabiiy transport vositasida borish bilan tanilishni istaydi.

Bunday sayyohlar uchun uncha-muncha masofa ham, yo‘l qiyinchiliklari ham cho‘t emas.

EHROMLAR YURTIDAN VELOSIPEDDA

Misr terma jamoasi bundan 24 yil avval jahon chempionatida ishtirok etgandi. Shu bois, ehromlar yurti vakili Muhammad Nufalga bu mundialni tomosha qilish nasib etmadi. Chunonchi, 24 yoshli yigit u paytda dunyoga kelmagandi.

Tabiiyki, Nufal bu noyob imkoniyatdan foydalanmaslik tuzatib bo‘lmas xatoga aylanishi mumkinligini anglab, Rossiyaga yo‘l oldi. Biroq u samolyotda parvoz qilishni o‘ta jo‘n usul deb hisobladi va velosipedda safarga chiqdi.

Ayni kuchga to‘lgan paytida amalga oshirilgan bu sayohat chog‘ida Muhammad juda ko‘p tarixiy obidalarni ko‘radi. Notanish kishilar bilan tanishadi. Bundan tashqari, professional fotosuratchi sifatida qimmatli materiallarga ega bo‘ldi.

Muhammad Nufal 7 aprelda Qohiradan yo‘lga chiqib, Rossiyaga sog‘-salomat yetib bordi, viza hujjatlarini avvaldan rasmiylashtirgani sababli ortiqcha muammolarga duch kelmadi.

To‘g‘ri, Muhammad barcha yo‘lni velosipedda bosib o‘tmadi - Iordaniyada samolyotga o‘tirib, Bolgariyaga uchib keldi. Chunki Suriya hududini velosipedda bosib o‘tishni xatarli, deb hisobladi. Ukraina hududini ham u fazoda bosib o‘tdi - Ruminiyadan Belarusga parvoz qildi.

Salohning nomdoshi Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Volgograd va Grozniyda bo‘lishni rejalashtirgan. Uyga esa Nufal samolyotda qaytish niyatida.

ISLANDIYA «NIVA»SI

Islandiyalik Kyartansson bilan Yonessonlar esa velosipedni ravo ko‘rmay, Rossiyaga ruslarning «Niva»sida yo‘l olishdi. Nima uchun aynan «Niva»da? Chunki qahramonlarimizning Islandiyadagi sayyohlik firmalaridan birining tanlovida qatnashib, shu avtomobilni yutib olishgandi.

Biroq ularning asosiy muammosi shunda ediki, Islandiya - suv bilan o‘ralgan orol davlat shu sababli, mashinani parom orqali Daniyaga jo‘natishdi. Sayyohlar u yerdan Germaniyaga, keyin Polshaga va nihoyat, Rossiyaga yetib borishdi. Rejaga ko‘ra, duet 21 iyunda Volgogradda, 26-sanada Rostovda bo‘ladilar.

Umuman olganda, ular 1500 km. masofani bosib o‘tdilar. E’tiborlisi, «Niva» ko‘k-qizil-oq ranglarda bo‘lgan. Sayohat hisobotini islandiyaliklar ijtimoiy tarmoqqa joylash niyatidalar. Shu tariqa ular FIFA tomonidan suratga olinayotgan «JCH yo‘lidagi sarguzashtlar» hujjatli filmidan joy oladilar.

KO‘HNA TRAKTORDAGI NEMIS VA IT

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:23, 01.07.2018.
O'qildi: 4756 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.