Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqqan karatechilarimiz vatanimizda tantanali kutib olinishdi

III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqqan karatechilarimiz vatanimizda tantanali kutib olinishdi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, o‘tgan haftada yosh karatechilarimiz Xorvatiyaning Umag shahrida bo‘lib o‘tgan lisenzion musobaqada ishtirok etishgandi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, hamyurtimiz Dildor Aliqulova finalgacha yetib borib, Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritdi.

Bugun tunda musobaqada ishtirok etgan karatechilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni kutib olish uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi rahbariyati, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari Islom Karimov nomidagi Toshket xalqaro aeroportida jam bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, -53 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan yurtdoshimiz Dildor Aliqulova musobaqa davomida Belgiya (6:1), Chexiya (0:0, hakamlar qaroriga ko‘ra), Ozarbayjon (4:0) kabi mamlakat vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Final taqdiri hal bo‘lgan qiyin bahsda u Buyuk Britaniya vakilasini mag‘lub etdi (4:3) va oltin medal uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘libgina qolmay, Argentinada bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyasi sohibasiga ham aylandi. Finalda eronlik raqibga qarshi kechgan jangda u 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.

«Musobaqa oldidan o‘zimga juda ishongandim. Mening g‘alabamga umid qilgan barchaning ishonchini oqlayman deb ketgandim. Mana, niyatimga erishdim va o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritdim. Nasib qilsa, Olimpiadada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Argentinada madhiyamiz yangrashiga sababchi bo‘lishga so‘z beraman. Menga ishongan barchaga, jumladan federasiyamiz rahbarlari, do‘stlarim, ota-onamga rahmat aytaman. Ular menga katta yordam berishdi.

Bahslarga puhta tayyorlangandik. Reja bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Musobaqaga ham yaxshi kayfiyatda borib, yaxshi kayfiyatda qaytib keldik. Shahsan o‘zim uchun Buyuk Britaniya vakiliga qarshi jang qiyin bo‘ldi. Ichimdan o‘tayotgan hislarni so‘z bilan ta’riflab bera olmayman», – dedi Dildor Aliqulova.

«Musobaqada 325 nafar sportchi 24 ta lisenziya uchun kurash olib bordi. Ular ichida 301 nafar sportchi turnirni yo‘llanmasiz yakunlashi aniq edi. Raqiblarimiz juda kuchli edi. Shunga qaramay, sportchilarimiz musobaqada mardonavor jang qilishdi. Ozarbayjon, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Eron, Yaponiya mamlakatlari sportchilariga qarshi chiqib, bitta lisenziya qo‘lga kiritdik. Oldimizdagi mas’uliyatli vazifani uddalay oldik deb o‘ylayman. Buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasiga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga rahmat. Shaxsan Prezidentimizga ham o‘z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Ularning sportga qaratayotgan e’tiborlari sportchilarimizga qo‘shimcha kuch berdi.

Hozirgi vaqtda taqvim-rejamizga asosan ish ko‘ramiz. Bundan tashqari, muhim musobaqalar uchun alohida rejalar ishlab chiqamiz. Oldinda shuningdek, o‘smirlar ligasi musobaqasi turibdi. Mazkur muhim turnir ham Xorvatiyada bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, boshqa terma jamoalar bilan birga qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish rejamiz bor», – dedi O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi ijrochi direktori Otabek Qosimov.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:02, 02.07.2018.
O'qildi: 1547 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.