Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

JCH-2018. Braziliya — chorak finalda!

JCH-2018. Braziliya — chorak finalda!

Baho:
+ | -

Musobaqa favoritlarining Jahon chempionatidan chiqib ketish "an’ana"siga Braziliya terma jamoasi chek qo‘ydi. Meksikaga qarshi qiyin kechgan nimchorak final bahsida "pentakempeonlar" g‘alaba qozonishdi.

Meksikaliklar o‘yin boshidan raqib darvozasi tomon jiddiy bosim uyushtirishdi. Faqat ularga so‘nggi aniq berilgan so‘nggi uzatma yoki aniq zarbalar yetishmadi. Birinchi bo‘lim o‘rtalaridan boshlab braziliyaliklar tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dira boshladilar. Tite shogirdlarining hujumlari ko‘payib borar ekan, katta sahnaga Meksika terma jamoasi posboni Gilyermo Ochoa chiqa boshladi.

Ammo ikkinchi bo‘lim boshida uyushtirilgan chiroyli hujum qarshisida Ochoa ham ojiz qoldi. Neymar hujumga asos soldi: u jarima maydonchasi tashqarisida tovoni bilan to‘pni Villianga qoldirib ketdi. Yarim himoyachi katta tezlikda chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va narigi ustun tomon uzatma berdi. O‘sha joyga yetib borgan Neymar bo‘sh darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi.

Keyingi daqiqalarda dastlab Paulinyo, oradan bir necha daqiqa o‘tib Villian Meksika darvozasi tomon unchalik uzoq bo‘lmagan masofalardan zarba yo‘llashdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni meksikalik posbon bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida Braziliya hisobni mustahkamladi. Fernandinyoning uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan oldinga o‘tib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda kuchli bo‘lmagan zarba berdi. To‘p Ochoaning oyog‘iga tegib olis ustun tomon ketdi. Firmino esa bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi, 2:0.

Shu tariqa, Braziliya terma jamoasi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Keyingi bosqichda "sariq devlar"ga Belgiya-YAponiya juftligi g‘olibi raqib bo‘ladi.

JCH-2018. Nimchorak final
Braziliya – Meksika 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 51 Neymar, 2:0 – 88 Firmino.
Braziliya – Alisson, Fagner, Tiago Silva, Miranda, Filipe Luis, Villian (Markinyos, 90), Paulinyo (Fernandinyo, 80), Kazemiro, Koutinyo (Firmino, 86), Gabriel Jezus, Neymar.
Meksika – Ochoa, Alvares (Dos Santos, 55), Ayyala, Salsedo, Galyardo, Errera, Markes (Layyun, 46), Guardado, Losano, Ernandes (Ximenes, 60), Vela.
Ogohlantirishlar: Alvares (38), Filipe Luis (43), Errera (55), Kazemiro (59), Salsedo (77), Guardado (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:53, 02.07.2018.
O'qildi: 4716 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик