Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha Gran-Pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda.
E’tiborlisi, musobaqada -61kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abbos Rahmonov Turkiya, Armaniston, Qozog‘iston mamlakati sportchilarini mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi u oltin medal uchun mezbonlar vakili Beka Lomtadzega qarshi kurash olib boradi.
Bugungi bellashuvlarda Mahmud Shavkatov, Nodir Safarov, Jahongirmirzo Turobov, Sirojiddin Hasanov, Temurxon Usmonoxunov, Bekzod Abdurahmonov, Ixtiyor Navro‘zov, Umidjon Ismanov va Abdurasul Vahobov kabi polvonlarimiz sovrinli o‘rinlar uchun gilamga chiqadilar.